Zimbabvening Mlibizi qishlog‘ida yashovchi 43 yoshli Uinders Sianene fildan qochib, timsohga tutildi.
U baliq ovlashga ketayotganida yo‘lidan quturgan fil chiqib qoldi. Ulkan hayvonning o‘zi tomonga kelayotganini ko‘rgan Uinders daryoga sakrab, qarama-qarshi qirg‘oqqa chiqib olishga qaror qildi.
U filning hujumidan omon qoldi, lekin shu payt daryodagi ikki metrli timsoh erkakning oyog‘idan tishlab oldi.
Atrofdagi uylarning aholisi yordamga yetib kelib, timsohning og‘zini yog‘och yordamida ochishgan. Jabrlanuvchi shifoxonaga yetkazilgan, biroq shifokorlar uning qo‘li va oyog‘ini saqlab qola olmadi.
Izoh (0)