Yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida 2022-yilning 17-oktabrdan 764/763 sonli Toshkent—Samarqand—Toshkent yo‘nalishidagi yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdi Jizzax viloyatidagi Dashtobod bekatida to‘xtab o‘tadi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, shu maqsadda Dashtobod bekatida chiptaxona va kutish zali tashkillashtiriladi.
Harakat jadvali quyidagicha:
- 764-sonli poyezd Toshkent 8:25 — Dashtobod 9:32-09:34 — Samarqand 10:38;
- 763-sonli poyezd Samarqand 16:11 — Dashtobod 17:14-17:16 — Toshkent 18:25.
Izoh (0)