• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo” surishtiruvi: “Homilador ayollarimiz ko‘pligidan hatto xonalarimizni ham bo‘shatib berdik” (video)

    Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatining Chortoq tumanida joylashgan tug‘uruqxonadagi tiqilinch holat tasvirlangan video tarqaldi. “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev bu yerda bo‘lib, vaziyatni o‘rgandi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

     

    Chortoq tuman tibbiyot birlashmasi tug‘uruqxona bo‘limi mudiri Hamida Obidovaning aytishicha, bo‘limda 50 ta o‘rin mavjud. Video tarqalgan kuni esa tug‘ish jarayonidagi ayollar soni 90 nafardan oshiq bo‘lgan. Ayni paytda esa ularning soni 72 nafar, ya’ni baribir qo‘shimcha 22 ta o‘ringa ehtiyoj bor.

    “To‘lg‘oq tutgan ayollar soni qachon ko‘payib, qachon kamayishini taxmin qilish imkonsiz narsa. Ba’zan palatalarimizda koykalar bo‘shab qolgan kunlar ham bo‘ladi. Oldinlari, aniqrog‘i, o‘tgan asrning 80-90-yillarida Chortoq tumanida tug‘ish yoshidagi ayollar soni o‘racha 25 ming nafar, tug‘uruqxonadagi o‘rinlarimiz soni esa 160 ta bo‘lgan. Hozir tug‘ish yoshidagi ayollar soni 55 mingga yetdi, koykalarimiz esa qisqartirilib, 50 taga tushib qoldi. Shu sababli bunday mushkul vaziyatga duch kelyapmiz”, — deydi Hamida Obidova.

    Chortoq tuman tibbiyot birlashmasi tug‘uruqxona bo‘limi mudiri Hamida Obidova.

    Chortoq tuman tibbiyot birlashmasi tug‘uruqxona bo‘limi mudiri Hamida Obidova.
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

    Chindan ham g‘alati paradoks: tumanda tug‘ish yoshidagi ayollar soni ikki baravar oshgan, koykalar soni esa uch baravar qisqargan. Shu sababli uch kishiga mo‘ljallangan palatalarda 4-5 kishi yotishga majbur bo‘lmoqda, bo‘lim yo‘laklarida esa qo‘shimcha karavotlar shay etib qo‘yilgan.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

    Tumanning chekka Peshqo‘rg‘on va Hazratisho qishloqlarida ham mahalliy tug‘uruqxonalar bor, lekin murakkab holatlarda va tungi payt homilador ayollar baribir shu bo‘limga olib kelinadi. Mavjud vaziyatdan chiqish uchun tuman tibbiyot birlashmasi ginekologiya bo‘limida qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi, hatto tug‘uruqxona mudirasi va shifokorlar xonalarida ham homilador ayollar uchun joylar tayyorlandi, biroq bu muammoning yechimi emasligini tibbiyot xodimlarining o‘zi ham tan olmoqda.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

    Yana bir muammo shifokorlar yetishmasligi bilan bog‘liq. Bo‘limda hozir 4 nafar shifokor — ikki nafar ginekolog va ikki nafar neonatolog ishlamoqda. Aslida esa 10 nafar bemorga hech yo‘q bir shifokor to‘g‘ri kelishi kerak.

    Hamida Obidovaning aytishicha, shunday murakkab vaziyat bo‘lishiga qaramay, bo‘limda chaqaloqlar va ularning onalari bilan bog‘liq noxush holatlar yaqin orada kuzatilmagan. Biroq bu yerda farzandini dunyoga keltirayotgan ayollar va ularning yaqinlari mavjud holatdan mamnun emasligi aniq.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

    Biz video tasvirga olingan o‘sha “mashhur” xonada ham bo‘ldik. Akusher-ginekolog Mahmuda Bo‘ronovaning ta’kidlashicha, o‘sha kuni bo‘limda tug‘gan ayollar ko‘payib, bu yerga 13 nafar ayol va ularning chaqaloqlari joylashtirilgan.

    Akusher-ginekolog Mahmuda Bo‘ronova.

    Akusher-ginekolog Mahmuda Bo‘ronova.
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

    Endi esa qo‘shimcha o‘rinlar yaratilgani tufayli bu muammo biroz ortga chekinib, palatada asli qoidalarda talab etilganidek 5 ta koyka hozirlanganini ko‘rish mumkin.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

    Namangan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mutasaddilarining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, shu yilning o‘tgan 9 oyida 50 o‘rinli tuman tug‘uruq bo‘limida 3700 nafardan ortiq homilador ayol farzandli bo‘lgan. Muassasada joriy yil sentabr oyiga qadar kuniga o‘rtacha 13 ta tug‘uruq amalga oshirilgan bo‘lib, bu vaqt oralig‘ida shifoxonaning ortiqcha yuklama bilan ishlashi deyarli kuzatilmagan. Biroq sentyabr oyida kunlik tug‘ilishlar soni o‘rtacha 20 taga ortib ketgani bois, shifoxonada o‘rin-joy yetishmasligi yuzaga kelgan.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

    “Olib borilgan o‘rganishlar natijasida yuqoridagi muammoni tezkor bartaraf etish choralari ko‘rildi. Ya’ni tibbiyot birlashmasidagi samarasiz ishlayotgan statsionar o‘rinlar hisobidan tug‘uruq bo‘limi uchun qo‘shimcha yana 20 ta, jami 70 ta o‘rin-joy ajratildi. Ayni paytda muassasada homilador ayollarga sanitar-epidemiologik talablarga to‘la javob beradigan sharoitda sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda”, — deyiladi boshqarma tomonidan bildirilgan munosabatda.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

    Biz bu sharoitlarni bordik, ko‘rdik va o‘rgandik. Nazarimizda, ularni “talablarga to‘la javob beradigan holatga keltirildi” deyishga hali ancha erta. Chortoqda homilador ayollar uchun qo‘shimcha o‘rinlar zarur va ular tez orada yaratilishi kerak. Aks holda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan tasvirlar birinchisi ham, oxirgisi ham bo‘lmasligi tayin.

    04.10.2022, 21:16   Izoh (0)   21723
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘rta Chirchiqdagi yangi qurilayotgan binoda yong‘in chiqqani aytilmoqda (video)

    04.10.2022, 21:03

    O‘zbekistonda kutubxona resurslarini hisobga olish va saqlash tartibi belgilandi

    04.10.2022, 20:55

    Buxoroda fuqaroni 40 ming dollarga chuv tushirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    04.10.2022, 20:48

    “Paynet”ni xususiylashtirish uchun xorijiy va mahalliy kompaniyalar raqobatlashmoqda

    04.10.2022, 20:24

    Sud ishiga aralashish deb topilgan Xalq deputatlari Konimex tumani kengashining qarori bekor qilindi

    04.10.2022, 20:06

    O‘zbekistonda davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq qarorlar bo‘yicha sudga murojaat qilganlarga davlat boji kamaytirilishi kutilmoqda

    04.10.2022, 19:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.