Ijtimoiy tarmoqlarda To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 45-sonli maktab direktori o‘rinbosari o‘z joniga qasd qilgani haqida xabar tarqaldi. Namangan viloyati prokuraturasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, To‘raqo‘rg‘on tumani “Qumidon” MFY da yashab, shu tuman XTBga qarashli 45-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktor o‘rinbosari lavozimida ishlagan O.Q. (erkak) ruhiyatidagi o‘zgarish tufayli 2021-yil 28-noyabrda yashash uyida o‘z joniga qasd qilib, vafot etgan va tuman prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
O‘tkazilgan tekshirishda O.Q.ga nisbatan uning oila-a’zolari yoki boshqa biron-bir shaxs tomonidan qo‘rqitish, rahmsiz muomala qilish, sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish holatlari bo‘lmagani, o‘z joniga qasd qilishiga ruhiyatidagi o‘zgarish sabab bo‘lgani aniqlangan.
Tekshiruv yakunga ko‘ra O.Q.ning o‘z joniga qasd qilgani holati bo‘yicha Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi (reabilitatsiya uchun asoslar) 2-bandi (uning qilmishida jinoyat tarkibi bo‘lmasa)ga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish haqida qaror qabul qilingan.
Mavzuga doir:
Izoh (0)