“PSJ” hujumchisi Lionel Messi Fransiyaning chempionatining 9-turi doirasida “Nitssa”ga qarshi kechgan bahsda (2:1) jarima to‘pidan gol urdi.
Messi faoliyati davomida 60-marta jarima zarbasidan unumli foydalandi. U 50 ta golni “Barselona” safida, yana to‘qqiztasini Argentina terma jamoasida kiritgan.
Messi bu borada “Manchester Yunayted” forvardi Krishtianu Ronalduni ikkita golga ortda qoldirmoqda. Shuningdek, Messi jarimadan gol urish bo‘yicha darvozabon Rojirio Seni va Marselinyo Mariokani ortda qoldirdi.
Messi bu borada sobiq himoyachi Ronald Kuman bilan birga 8-o‘rinda bormoqda. Faqat Ziko (62), Diyego Maradona (62), Devid Bekhem (65), Ronaldinyo (66), Viktor Legrotalye (66), Pele (70) va Juninyo Pernambukano (77) ulardan oldinda.
Qayd etish kerak, Argentinalik futbolchi klub miqyosida 17 oydan beri jarimadan gol ura olmayotgandi. So‘nggi bor Leo 2021-yilning 2-may kuni La Liga doirasidagi o‘yinda “Valensiya” (3:2) darvozasini ishg‘ol qilgandi.
Izoh (0)