Oltin narxi 2020-yil aprelidan beri birinchi marta bir troya unsiyasi uchun 1,63 ming dollargacha pasaygan edi.
Joriy hafta boshida oltin narxi bir unsiya uchun 1 633 dollargacha pasayib, ikki yillik eng past darajaga yetdi.
Yil boshidan beri narxlar 10 foizdan kamroq pasaygan. Jahon Oltin Kengashining (WGC) global tadqiqot bo‘limi boshlig‘i Xuan Karlos Artigas oltin narxi 30 foizgacha pasayishi mumkinligini aytdi.
O‘tgan hafta WGC O‘zbekiston Markaziy banki oltin sektorida nihoyatda faol bo‘lib, avgust oyida yana 8,7 tonna oltin sotib olganini ta’kidladi.
Bu Markaziy banklar orasida ikkinchi natijadir. Birinchi o‘rinni 8,9 tonna bilan Turkiya egalladi.
O‘zbekiston ketma-ket uch oy — iyun, iyul, avgust oylarida xuddi shu miqdorda oltin xarid qilmoqda.
WGC ta’kidlashicha, O‘zbekiston joriy yilda 19,3 tonna oltin sotib olib, umumiy zaxiralarni 381,3 tonnaga yetkazdi.
Avvalroq O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket ikkinchi oy kamaygani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)