Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 28-sentabrda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 23,36 so‘mga pastlab, 11 024,92 so‘mni tashkil qildi. Yevro 64,43 so‘mga tushib, 10 592,74 so‘m bo‘ldi. Rubl 1,72 so‘mga pastlab, 189,51 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi ketma-ket to‘rt kun ko‘tarilib, 11 048,28 so‘mni tashkil qilgandi. Rubl ham oshib, yevro pastlagandi.
Izoh (0)