Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Vazirlar Mahkamasining “Idoralararo elektron hamkorlik tizimi va ma’lumotlar axborot almashinuvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda Norma.

Qaror bilan “Elektron hukumat” tizimining raqamli ma’lumotlar platformasi orqali elektron hamkorlik va axborot almashinuvi tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Platforma orqali tijorat va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat idoralari ma’lumotlar bazalaridagi ma’lumotlardan pulli asosda foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Nizom asosiy qoidalari:

  • ushbu platformaga ulanish xavfsiz VPN tarmog‘i orqali amalga oshiriladi;
  • platformaga ulanish uchun savdo korxonalari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar AKT vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi”ga so‘rov yuboradi;
  • platformaga ulanish to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilinganda markaz va foydalanuvchi o‘rtasida shartnoma tuziladi;
  • foydalanuvchi qiziqtirgan ma’lumotni tegishli so‘rovlarni yuborish orqali oladi, har bir so‘rov uchun BHM 0,1 foizidan 2 foizigacha miqdorda to‘lov amalga oshiriladi;
  • platforma orqali foydalanuvchilar o‘z ma’lumotlarini shartnoma asosida boshqa foydalanuvchilarga taqdim etishi mumkin.
Qaror bilan “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali elektron hamkorlik va axborot almashinuvi tartibi to‘g‘risidagi nizom (platforma davlat organlarining idoralararo hamkorligi uchun mo‘ljallangan), davlat xizmatlari ko‘rsatilgani uchun to‘langan davlat boji, yig‘im va boshqa to‘lovlar hisobini yurituvchi Yagona billing tizimi foydalanuvchilari o‘zaro hamkorlikda ishlashi tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Hujjat 20-sentabrdan boshlab kuchga kirgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi