Professional boks bo‘yicha beshta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer Yaponiyaning Saitama shahrida MMA jangchisi Mikura Asakuraga qarshi ko‘rgazmali jangda ishtirok etdi.
Jang boks qoidalari bo‘yicha bo‘lib o‘tdi. Birinchi raund o‘rtacha tempda o‘tdi va har ikki sportchi raqib tomon zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi.
Ikkinchi uch daqiqalikda follik oshdi, raundining so‘nggi soniyalarida Meyvezer raqibini nokdaun holatiga tushirdi. Asakura oyoqqa turishga qiynaldi va hakam texnik nokautni qayd etdi.
Avvalroq amerikalik bokschi ushbu shou orqali 20 million dollar ishlab olishi haqida xabar qilingandi.
Izoh (0)