Kristian Eriksen “Manchester Yunayted”ning sentabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
30 yoshli futbolchi 62% ovoz to‘pladi. Shu tariqa daniyalik yarim himoyachi Jeydon Sancho (28%) va Rafael Varanni (10%) ortda qoldirdi.
Sentabr oyida Kristian 4 o‘yinda ishtirok etib, 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyida Lisandro Martines mankunianliklarning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritgan edi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)