• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12305.8
    • RUB152.56
    • EUR14389.17
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Eronda namoyishchilar mamlakat oliy yetakchisi Xomeyniyning haykaliga o‘t qo‘ydi (video)

    Eronda hijobga va hukumatga qarshi norozilik aksiyalari doirasida namoyishchilar oliy yetakchi Ali Xomeyniyning o‘zi tug‘ilib-o‘sgan Mashhad shahridagi haykaliga o‘t qo‘ydi. Voqea aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

    Eronda 22 yoshli Mahsa Aminiyning o‘limidan keyin boshlangan noroziliklar bir haftadan buyon davom etmoqda. U hijobni “noto‘g‘ri” o‘ragani uchun axloq politsiyasi tomonidan hibsga olingan, so‘ng politsiya uchastkasidan kasalxonaga olib ketilgan va u yerda vafot etgan edi.

    Ilk aksiyalar 16-sentabr kuni, qiz vafot etgan kuni boshlandi. O‘shandan buyon noroziliklar o‘nlab shaharlarni qamrab oldi. Ularning ishtirokchilari barrikadalar qurib olib, “Diktatorga o‘lim” va “Ayol, hayot, erkinlik” shiorlarini baralla aytmoqda. Huquq-tartibot organlari xodimlari aksiyalarni shafqatsizlik bilan tarqatmoqda — o‘nlab odamlar halok bo‘ldi, yuzlab kishilar jarohatlandi.

    Iran Human Rights huquqni himoya qilish tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, namoyishlar chog‘ida kamida 31 kishi halok bo‘lgan.

    Noroziliklar boshlangach, Eron hukumati internetni cheklashga kirishdi, keyinroq esa uni umuman o‘chirib qo‘ydi.

    Eron prezidenti Ibrohim Raisiy BMT Bosh Assambleyasi sessiyasi doirasidagi matbuot anjumanida “Eronda fikr bildirish erkinligi” mavjudligini, ammo tartibsizlik yaratishga qaratilgan xatti-harakatlar nomaqbulligini aytdi.

    Eronda nimalar bo‘lyapti?

    Mahsa Aminiy Tehronga o‘tgan hafta kelgan va akasi bilan birga metrodan chiqayotganida axloq politsiyasi tomonidan hibsga olingan. Bunga uning hijobni noto‘g‘ri o‘ragani sabab bo‘lgan. 1979-yilgi Islom inqilobidan keyin eronlik ayollar uchun hijob taqish majburiy bo‘lib kelmoqda.

    Al Jazeera telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, Eron hukumatining qiz yurak xurujidan vafot etgani haqidagi bayonotiga qaramasdan, u tug‘ilib-o‘sgan Sekkeze shahrida hamda Eron g‘arbidagi boshqa shaharlarda keng ko‘lamli norozilik namoyishlari boshlangan. Odamlar ma’muriy binolar atrofida to‘planib, hukumatga qarshi shiorlarni baralla aytgan, ba’zi ayollar esa birdamlik belgisi sifatida o‘z ro‘mollarini yechib, osmonga otgan. Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlarda qizlar fleshmob uyushtirib, hijoblarini yoqib yubormoqda va sochlarini kesib tashlamoqda.

    Eron Islom Respublikasi Huquq-tartibot kuchlari Ibrat patruli (“axloq politsiyasi”) — Eron Ichki ishlar vazirligi nazorati ostidagi huquq-tartibot organi. 2005-yilda alohida tuzilma sifatida ajralib chiqqan. Ibrat patruli vazifalariga Eron fuqarolari va chet elliklarning jamoat joylarida shariat bo‘yicha munosib kiyinib yurishini ta’minlash kiradi.

    Ayollarning boshini yopmay yurishi, ro‘mol yoki hijobni noto‘g‘ri taqishi, avratni yopmaydigan kiyim kiyishi, ba’zi hollarda esa “begona erkak bilan yaqindan muloqot qilishi” ularni hibsga olish uchun asos bo‘lib hisoblanadi.

    Avvalroq Eron Madaniyat va islom vazirligi ayollarning reklamalarda suratga tushishini taqiqlagandi, bu Eronning Domino kompaniyasi bir ayol boshiga ro‘mol sharf tashlab, avtomobilni boshqarib ketayotgani, so‘ng esa shokoladli qiyom bilan qoplangan muzqaymoqni yegani aks etgan rolikni chiqarganidan keyin yuz bergandi.

    Mavzuga doir: Eronda ayollar sochlarini kesib, hijoblarini yoqib yubormoqda. Hibsga olingan qizning vafotidan keyingi namoyishlar davom etmoqda (video)

    24.09.2022, 11:41   Izoh (0)   22399
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiyada sirtqi ta’lim talabalari safarbar etilishi mumkin

    24.09.2022, 11:18

    Video: Qurol ko‘targan holda eshikma-eshik yurib, referendum uchun ovoz yig‘ayotgan rossiyalik askarlar

    24.09.2022, 10:19

    AQSH Afg‘onistonni NATOdan tashqaridagi asosiy ittifoqchi maqomidan mahrum qildi

    24.09.2022, 09:45

    SSSRdan qochib ketgan Olimpiada chempionlari, “Litl-rok to‘qqizligi”ni himoya qilishga yuborilgan desantchilar va minglab ziyoratchi halok bo‘lgan Makkadagi tiqili...

    24.09.2022, 09:30

    Zelenskiy bosib olingan hududlar aholisini Rossiya safarbarligidan qochishga va Ukraina tomoniga o‘tishga chaqirdi

    24.09.2022, 09:16

    Turkiya BMT Xavfsizlik kengashida veto huquqini bekor qilishga chaqirdi

    24.09.2022, 00:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Rockstar Gaming Festival 2025: O‘zbekistonda yorqin his-tuyg‘ular, xursandchiliklar va kibersport


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Dunyodagi eng ingichka 3D egri ekranli smartfon” unvoniga ega Ginnes rekordchisi: O‘zbekistonda rasman taqdim etildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    TENET: O‘zbekiston Mustaqilligi kuni sharafiga Stellar Residence apartamentlariga eksklyuziv shartlar 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    APEX — moliyaviy boshqaruv uchun qulayliklar bitta ilovada 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    Market Yandex Go O‘zbekistonning yana sakkiz hududida ishga tushdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    Yadro urushidan ham xavfli: insoniyatga tahdid solayotgan 5 ta yirik talafot

    26 avgust, 13:53

    O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondagi xususiy maktablarda o‘qish narxi qancha?

    25 avgust, 18:35

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Buyuk Britaniya inqilob arafasida — Telegraph

    Dunyo | 26 avgust, 21:11

    Rockstar Gaming Festival 2025: O‘zbekistonda yorqin his-tuyg‘ular, xursandchiliklar va kibersport

    Reklama | 26 avgust, 20:15

    “Uyda yolg‘iz” komediyasining yulduzi Makoley Kalkin hozir qanday yashaydi?

    Kino | 26 avgust, 20:55

    “Tramp Modiga to‘rt marta qo‘ng‘iroq qildi, biroq u gaplashishdan bosh tortdi” — OAV

    Dunyo | 26 avgust, 20:45

    Google Play’da pul o‘g‘irlaydigan o‘nlab ilovalar aniqlandi

    Dunyo | 26 avgust, 20:35

    Reuters fotojurnalisti agentlikni “Isroil targ‘iboti”da ayblab, ishdan bo‘shadi

    Dunyo | 26 avgust, 20:23

    “Temir intizom, po‘lat tana va qo‘rquv bilmas qalb”. Insoniyat tarixidagi eng qudratli maxsus qo‘shinlar qaysilar edi?

    Dunyo | 26 avgust, 20:10

    “Trampning Rossiyaga nisbatan sabri tugashiga umid qilaman” — Finlyandiya prezidenti

    Dunyo | 26 avgust, 19:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.