• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    Deputatlar “O‘zsanoatqurilishbank” tizimida transformatsiya jarayonlari va davlat dasturlari ijrosi bilan tanishdi

    22-sentabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi tomonidan “O‘zsanoatqurilishbank” tizimida transformatsiya jarayonlari hamda davlat dasturlari ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi. Unda parlament quyi palatasi deputatlari, bank rahbariyati, mutaxassislar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

    Foto: “O‘zsanoatqurilishbank”

    Foto: “O‘zsanoatqurilishbank”

    Ta’kidlanganidek, mamlakatda keyingi yillarda moliyaviy sektorni izchil isloh qilish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilib, ilg‘or bank biznesini yuritish, sohada raqobat muhitini kuchaytirish uchun zarur huquqiy shart-sharoitlar yaratilmoqda.

    Xususan, prezidentning “2020-2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni bilan bank tizimini isloh qilishning keng miqyosli yo‘nalishlari belgilab berildi.

    Seminarda “O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) ekspertlari ko‘magida olib borilayotgan keng ko‘lamli transformatsiya jarayonida ushbu farmon talablariga katta e’tibor qaratilayotgani ta’kidlab o‘tildi.

    Foto: “O‘zsanoatqurilishbank”

    Foto: “O‘zsanoatqurilishbank”

    Xususan, transformatsiya jarayonlarining dastlabki bosqichda bank faoliyati to‘liq diagnostikadan o‘tkazildi, boshqaruv tizimi va tashkiliy tuzilma xalqaro talablarga muvofiqlashtirildi. Bank tarmoqlarida mijozlarga individual xizmat ko‘rsatuvchi menejerlar doirasi shakllantirilib, mijozbay xizmat ko‘rsatish tizimi joriy etildi.

    Kredit risklarini xolis va samarali boshqarish maqsadida alohida kredit blok va anderrayting tizimi ishga tushirildi. Zamonaviy risk menejment va komplayens-nazorat tizimi joriy qilindi.

    Tarmoqlarning tashkiliy tuzilmasi takomillashtirilib, ular faoliyati mahsulot sotishga yo‘naltirildi. Mijozlarga istalgan tarmoqdan xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish maqsadida barcha filiallararo operatsiyalar yagona bank kodiga o‘tkazildi. Xodimlar uchun mehnatga haq to‘lashning zamonaviy rag‘batlantiruvchi usuli yo‘lga qo‘yildi.

    Foto: “O‘zsanoatqurilishbank”

    Foto: “O‘zsanoatqurilishbank”

    Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatishda hujjatlar rasmiylashtiruvi soddalashtirildi. Jismoniy shaxslarga kredit ajratish muddati 10 kundan 3 kungacha, talab etiladigan hujjatlar soni 10 tadan 2 taga qisqartirildi. Yuridik shaxslar borasida esa kredit ajratish muddati 30 kundan 10 kunga, talab etiladigan hujjatlar soni 32 tadan 10 taga kamaytirildi. Natijada bank tizimida kredit ajratish tezkorligi yuridik shaxslar uchun 2,6 barobarga, jismoniy shaxslar uchun 1,6 barobarga oshirilib, chakana mijozlar soni 1,7 barobarga o‘sdi. Bank mahsulotlari soni 1,5 barobarga ko‘paydi.

    Natijada bank tizimida kredit ajratish tezkorligi yuridik shaxslar uchun 2,6 barobarga, jismoniy shaxslar uchun 1,6 barobarga oshirilib, chakana mijozlar soni 1,7 barobarga o‘sdi. Bank mahsulotlari soni 1,5 barobarga ko‘paydi.

    Deputatlar bank xizmatlarini raqamlashtirish borasida olib borilayotgan ishlar borasida ma’lumotlar bilan qiziqdi. Mutaxassislar tomonidan bank xizmatlari bilan bir qatorda onlayn bozorni o‘zida birlashtirgan unikal platforma – JOYDA ilovasiga to‘xtalib, bugungi kunda mijozlar ushbu ilova orqali barcha turdagi an’anaviy bank xizmatlaridan onlayn tarzda samarali foydalanib kelayotgani ta’kidlandi.

    Bu borada yana bir yirik loyiha – “SQB Business” internet bank xizmatining ishga tushirilishi natijasida tadbirkor va yuridik shaxs maqomidagi mijozlar bankdagi o‘z hisob raqamlarini 24/7 rejimida boshqarish asosida qator imkoniyatlarga ega bo‘layotgani aytib o‘tildi.

    Shuningdek, prezident tomonidan davlat dasturlari borasida bank zimmasiga yuklangan vazifalar va ularning ijrosi taqdimot qilindi. Jumladan, respublikada qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatini yanada rivojlantirish, ichki bozorni mahalliy qurilish materiallari bilan to‘ldirish, sohaning eksport salohiyatini oshirish va loyihalarni moliyalashtirishda Bank mas’ulligida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi.

    Seminar qizg‘in fikr almashuvlar shaklida o‘tib, ishtirokchilar bugungi kunda respublika bank tizimida moliyaviy barqarorlikni ta’minlash yuzasidan O‘zsanoatqurilishbankning roli muhim ekanligi, ular tomonidan joriy etilayotgan xorijiy tajriba va tizimni raqamlashtirishning dolzarbligi ta’kidlanib, kelgusida korporativ boshqaruv va mijozlar bilan ishlash tizimi yanada takomillashtirilishi lozim ekanligi qayd etildi hamda tegishli takliflar ishlab chiqildi.

    23.09.2022, 18:25   Izoh (0)   12831
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ko‘proq xarid qilib, kattaroq chegirmaga ega bo‘ling!

    23.09.2022, 15:00

    Mablag‘ingizni “Online” boshqaring va ko‘paytiring

    23.09.2022, 12:00

    Payme “GameDev Goethe 2022” o‘yinlar rivojlantirish inkubatori 3-mavsumida moliyaviy savodxonlik bo‘yicha mobil o‘yinlar rivojlanishini moliyalashtirdi

    23.09.2022, 10:30

    O‘zingiz uchun ideal xonadonni Tashkent City’dagi Boulevard turar joy majmuasida toping

    23.09.2022, 09:00

    Eksport himoyasi — o‘z qo‘lingizda!

    22.09.2022, 19:30

    Moliyaviy savodxonlik: depozit haqida nimalarni bilishimiz kerak?

    22.09.2022, 18:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Xomanaiyni sharmandali o‘limdan qutqarganini aytdi

    Dunyo | 27 iyun, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 27-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 27 iyun, 23:05

    “Paxtakor” metro bekatida 3 yoshli qizaloqning oyog‘i vagon eshigiga qisilib qoldi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 22:46

    Sherzod Asadov “Oltin qalam” g‘oliblarini taqdirlash marosimida prezidentning OAV xodimlariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 22:25

    Superliga. Qo‘qondagi gollar shousida “Dinamo” “Qo‘qon-1912”ni mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 27 iyun, 22:09

    Toshkent viloyatida 1,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan tadbirkorlar aniqlandi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 21:40

    Shavkat Mirziyoyevning Belarusga amaliy tashrifi yakunlandi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 21:10

    Toshkentda onlayn narkodo‘konning 5 nafar aʼzosi qo‘lga olindi (video)

    O‘zbekiston | 27 iyun, 20:55

    O‘zbekistonda qamoqqa olinganlarni qiynoqqa solish hollarining oldini oluvchi qonun imzolandi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 20:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.