Checheniston yetakchisi Ramzan Qodirov Rossiya va Ukraina o‘rtasida bo‘lib o‘tgan 21-sentabrdagi asrlar almashinuvidan norozi ekanligini yashirib o‘tirmadi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Kechagi almashinuvdan qattiq noroziman. Hatto butun vaziyat men uchun tushunarsiz.Har safar jangovar yoki taktik qarorlar qabul qilinganda, biz maxsus operatsiyaning faol ishtirokchilari bilan maslahatlashardik. Bu yerda esa...Mavzuga doir:Men Mudofaa vazirligi va xavfsizlik xizmatining yuqori qismi uchun bu ko‘proq tushunarli ekanligini bilaman, ammo terrorchi deb tan olingan jinoyatchilarni harbiy xizmatchilarga almashtirib bo‘lmaydi, deb hisoblayman. Agar ekvivalent almashinuv mavjud bo‘lsa, tushungan bo‘lardim — askar uchun askar, agent uchun agent. Qo‘limizda Ukraina Qurolli kuchlarining ko‘plab asirlari mavjud, ularni kamida yuztasini bittaga almashtirsangiz ham tugamaydi.
Biz almashinuvni Ukrainaning shartlari bo‘yicha amalga oshirdik. Bu noto‘g‘ri. Jangchilarimiz Mariupolda fashistlarni tor-mor etishdi, ularni Azovstaldan haydab chiqarishdi, yerto‘lalarda kun kechirishdi, halok bo‘lishdi, yarador bo‘lishdi. Azov terrorchilarining bittasini qaytarish ham qabul qilib bo‘lmas ish. Va shuning uchun Mariupolni ozod qilgan va hozir oldingi safda turgan jangchilar o‘z xulosalarini chiqarishlari ajablanarli emas — natsistlar asirga olinmaydilar.
Darvoqe, asirlikda bo‘lgan paytlarida chechen xalqining sha’nini haqorat qilgan natsistlar o‘zlarining har bir qabih so‘zlari uchun to‘liq javob berishdi, qilmishlaridan achchiq pushaymon bo‘lishdi va ko‘z yoshlari bilan tavba qilishdi.
Takror aytaman, yuqoridagilar mening shaxsiy fikrim va bu bizning asosiy bukilmas tamoyilimizga hech qanday ta‘sir qilmaydi: Oliy bosh qo‘mondonning har qanday buyrug‘i bajarilishi shart!
Ramzan Qodirov, Checheniston rahbari
Izoh (0)