Daryo maxsus loyihani ishga tushiradi. Uning doirasida fond birjasida pul ishlash istiqbollari muhokama qilinadi.
Avgust oyida Vazirlar Mahkamasi 20ta davlat kompaniyalari uchun qimmatbaho qog‘ozlarni birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) sotish muddatlarini tasdiqladi. Ushbu ro‘yxatda O‘zbekistondagi eng yirik UzAuto Motors avtomobil ishlab chiqaruvchisi ham o‘rin olgan.
UzAuto Motors – mamlakatning eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi bo‘lib, Cobalt, Lacetti, Malibu, Tracker, Equinox, Damas, Spark, Nexia va boshqa avtomobillarni ishlab chiqaradi.
IPO nima va u nimaga o‘tkaziladi?
IPO (Initial Public Offering) — bu kompaniya aksiyalarining fond birjasida birinchi joylashtirilishi.
Aksiya — bu korxona ishlab chiqaradigan qimmatbaho qog‘oz. Aksiyalarni sotib olgan aholi vakillari yoki kompaniyalar biznesga sherik bo‘lib qolishadi.
Masalan, 2011-yilda NASDAQ Amerika fond birjasida aksiyalarni birinchi marta ommaviy joylashtirish natijasida “Yandeks” kompaniyasi 1,3 mlrd dollar miqdordagi mablag‘ni jalb qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Moliyaviy manfaatlardan tashqari, korxona o‘z obro‘sini mustahkamlaydi va keng tan olinadi.
Yirik kompaniyalarning IPO’ga chiqishi muhim voqea bo‘lib, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarida katta qiziqish uyg‘otadi.
Xorijiy tajriba: dunyo tarixidagi eng yirik IPO
2014-yil sentyabrda Nyu-York fond birjasida Alibaba Group Holding Ltd Xitoy xoldingining (egasi “Taobao.com”, Tmall, “Alibaba.com”, AliExpress va boshqalar) aksiyalari joylashtirilgan edi. Aksiyalarga bo‘lgan yuqori talab tashkilotchilarga ushbu qimmatbaho qog‘ozlarning dastlabki narxlar diapazonini oshirishga, va natijada ko‘proq pul jalb qilishga imkon yaratdi.
Ko‘pincha aksiyalar joylashtirilgan birinchi kunida “IPO sakrashi” ro‘y berib, shunda narxlar keskin ko‘tariladi. Birinchi sessiya natijalari bo‘yicha Alibaba aksiyalari 38 foiz o‘sdi va har birining narxi 93,89 dollar ga yetdi.
IPO natijasida Xitoy xolding kompaniyasi bozor qiymati bo‘yicha Facebook, Amazon va JPMorgan Chase bankni ortda qoldirdi. Alibaba kapitalizatsiyasi 231,4 milliard dollarni tashkil qildi.
O‘zbekiston tajribasi: tariximizdagi ilk IPO
2018-yilda “Toshkent” fond birjasida “Kvars” AJ aksiyalarining sotuvi start oldi. 3,3 mingdan ortiq kishi shisha zavodining yangi aksiyadorlariga aylandi. Aholi ko‘proq qimmatbaho qog‘ozlarni kichik miqdorda oldi - 2 dan 100 dona aksiyagacha, maksimal paket soni esa 2287 dona aksiyadan iborat bo‘ldi. Brokerlar buni O‘zbekistonda fond bozori endigina rivojlana boshlagani va investorlar dastlabki taxminiy qadamlarni qo‘yayotgani bilan izohlashdi. Qimmat qog‘ozlarni sotishdan tushgan mablag‘ ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishga yo‘naltirildi.
“Kvars” AJ aksiyalarini ikkilamchi joylashtirish (SPO) 2019-yilning oxirida amalga oshirildi. Tashkilotchi sifatida Freedom Broker xalqaro investitsion kompaniyasi bo‘ldi. Zavod avvaliga 4,82 mln aksiyalarni sotishni rejalashtirgan edi, ammo obuna jarayoni davomida brokerlar 4,89 mln aksiyalar uchun talabnomalar olishga erishdilar. Talab 101,4 foizni tashkil qildi.
Oddiy odamga aksiyalarni sotib olish nima uchun kerak?
Qimmatbaho qog‘ozlar – dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida foyda ko‘rishning keng tarqalgan an’anaviy vositasi. Masalan, Gallup Amerika jamoatchilik fikri institutining ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning aprel-may holatiga ko‘ra, 58 foiz amerikaliklar aksiyalarga egalik qiladilar.
O‘zbekistonda fond bozori endigina rivojlana boshlayapti, lekin davlat kompaniyalari, shu jumladan UzAuto Motors o‘z IPOlarini o‘tkazganlaridan keyin vaziyat o‘zgarishi mumkin.
Yil oxirigacha mamlakatning eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi mahalliy “Toshkent” birjasiga chiqadi, keyingi yili esa xorijiy birjada paydo bo‘ladi.
Aksiyalar xaridorlari nimaga ega bo‘ladilar:
- Aksiyalarning katta paketini sotib olgan investor aksiyadorlar majlisida ovoz berish yo‘li bilan biznesni boshqarishga ta’sir qila boshlaydi.
- Ma’lum vaqt o‘tganidan keyin sotib olingan aksiyalarni qimmatroq sotish imkoniyati bo‘ladi.
- Kompaniyada yangitdan foyda olish imkoniyati paydo bo‘ladi.
UzAuto Motors aksiyalarini sotib olish masalalari bo‘yicha Freedom Broker kompaniyasiga murojaat eting.
Telefon: 1135.
Ma’lumotlar sheriklik huquqi asosida tayyorlandi
Izoh (0)