• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “To‘rtinchi insultdan keyin to‘shakka mixlanib qoldi”. Taniqli aktyor va rejissor Mashrab Kimsanovning og‘ir xastalikka chalingani ma’lum qilindi (video)

    “Daryo” muxbirlari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mashrab Kimsanov og‘ir xastalikka chalingani haqidagi xabarni eshitib, bemor holidan xabar olgani bordi. Aktyorning rafiqasi Adolat Kimsanova turmush o‘rtog‘ining xastaligi haqida quyidagilarni so‘zlab berdi.

    — Hayot tashvishlari ba’zan eng kuchli insonni ham yengib qo‘yar ekan. Ba’zi insonlar e’tibor berishmaydi yoki o‘zlarini boshqa yumushlar bilan chalg‘itishadi. Menimcha, turmush o‘rtog‘im ana shunday tashvishlarni ko‘ngliga og‘ir oldi. Umr bo‘yi “Kino yaxshi bo‘lib ketadi”, degan umid bilan kunni kunga uladi. Meni hamisha “Hali zo‘r rollar ijro etamiz, qiyinchiliklar ortga qoladi”, deb  yupatardi-yu, ammo o‘zi bunga amal qilmadi. Mashrab Kimsanov Rossiyada tahsil olgan, professional kino mutaxassisi hisoblanadi. Bunday ilmli va katta tajribaga ega bo‘lgan inson ko‘chadan olib kelingan odamlarga rol berishayotganini ko‘rib, yuragiga og‘ir olardi.

    Hatto undan ba’zi rejissorlar bepul rol ijro etishini so‘ragan paytlar ham ko‘p bo‘ldi. Ammo o‘shanda ham nolimay “Mayli kino-ku”, deb rollarini sidqidildan ijro etardi. Ammo baribir yillar davomida ko‘nglida yig‘ilgan kemtiklar kun kelib katta kasallikka chalinishiga sabab bo‘ldi. 2018-yil ilk insultni boshidan o‘tkazdi. Hassaga tayanib bo‘lsa-da, o‘tgan yili kinofestivallarga olib bordim. Aktyorlar qatorida yurgani ham u insonga ancha dalda bo‘ldi. “Endi festivallar bo‘lyapti, kino ham yaxshi bo‘lib ketadi”, deb ko‘ngli ko‘tarildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Shuncha yil yashab, oilamizda biror mojaro bo‘lgan emas. Ammo yana ketma-ket ikki marta insultni boshidan o‘tkazdi. Qaynanamning vafotidan keyin ota uyi Yaypanga borib, o‘sha yerda to‘rtinchi insultga chalindi. To‘shakka mixlanib, oyoq-qo‘llari ishlamay qoldi. Bunday bemorlarni joyidan ko‘chirib bo‘lmaydi deyishgani uchun bir muddat vodiyda davolatdik. Undan keyin Toshkentga olib kelib, bu yerda ham uzoq muolajalarni oldi. Ammo hozircha o‘zgarish yo‘q. Umidim bor, yurgan oyoqlar yana yurib ketishiga ishonaman. Suyanchiq yordamida bir-ikki qadam tashlaganiga ham xursand bo‘laman. Ilgari kasalni boqish osonmas, deyishsa tushunmagan ekanman. To‘shakka mixlanib qolganidan keyin bu gaplarning mag‘zini chaqyapman. Xudoga shukr, avvalgidan ahvoli ancha yaxshilandi.

    Yaxshi hamki shogirdlarim bor ekan, ba’zan syomkalarga chaqirib turishadi. Mashrab akaning bosh tomoniga yeguliklar, oyoq tomoniga esa hojatga kerakli narsalarni qo‘yib, bir-ikki soatlik syomkalarga borib kelaman. Qaytganimdan keyin “Yaxshimi, nima bo‘ldi?” deb so‘raydi. Shu ahvolda ham syomkalarni gapirsam quvonib ketadi. Baribir ijodkorda, bu gaplar uni suyuntiradi.“O‘zbekkino”, “O‘zbekfilm” degan tashkilotlar umuman xabar olishmaydi, ishlari ham yo‘q. Kino arboblari uyushmasidan bir-ikki marta xabar olishdi. Har zamonda aktyor Rajab Adashev qo‘ng‘iroq qilib turadi. Bu yilgi bayramda kimdir kelar, hech bo‘lmasa qo‘ng‘iroq qilar deb kutdim. Ammo jimjit.

    Aktyor yurib tursa hammaga kerak, yotib qolsa butunlay unutib yuborilar ekan. Men-ku, mayli menga e’tibor berishsin demayman, ammo umrni va salomatligini kino rivoji uchun sarflagan insonga hech bo‘lmasa bayram kuni bitta ko‘krak nishon berish kimni o‘ldiribdi? Ko‘ryapman, ba’zilarga ikki martadan mukofot berishyapti, — deydi aktrisa Adolat Kimsanova.

    Bu yerda videoni to‘liq tomosha qilishingiz mumkin.

    Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mashrab Kimsanov 1955-yili Farg‘ona viloyatida tavallud topgan. “Otamdan qolgan dalalar”, “Vodillik kelin”, “Olovli yo‘llar”kabi 40 dan ortiq filmlardan ajoyib rollarni ijro etgan. Rejissor sifatida esa “Tog‘lik kuyov” va “Besh qismat” nomli filmlarni suratga olgan.

    Mavzuga doir:

    • “Masxaraboz” filmidagi aktyor Ergash Mo‘minov nega ekranlarda ko‘rinmay qoldi? (foto)
    • “Parvona” spektaklida Yulduzxon obrazini yaratgan aktrisa Shukurjon Safayeva hozir qayerda?

    16.09.2022, 22:19   Izoh (0)   64546
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qahramon ona: Gollivud aktrisasi Bleyk Layvli to‘rtinchi marta ona bo‘ladi

    16.09.2022, 20:40

    Amerikalik xonanda Kardi Bi o‘zi o‘qigan maktabga 100 ming dollar xayriya qildi

    16.09.2022, 17:42

    Hayoti davomida ko‘plab sinovli kunlarni boshidan o‘tkazgan jahonga mashhur insonlar (foto)

    16.09.2022, 15:57

    Gollivud yulduzlari Robert De Niro va Meril Strip o‘rtasidagi mustahkam do‘stlikning siri nimada?

    16.09.2022, 13:46

    “Qodirxon” serialidagi Davron Asqarov ikki yil ofitsiantlik qilgani, klipini kanallarda “aylantirolmagani” va birdan vazn to‘plagani haqida so‘zlab berdi (video)

    16.09.2022, 10:57

    “Yulduzlik kasali”ga uchragan turk yulduzlari Burak O‘zchivit va Nurgul Yeshilchay sahnada asl yuzini ko‘rsatdi. Turk kinosi kunlari ochilishidan reportaj (foto, v...

    16.09.2022, 01:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.