• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12305.8
    • RUB152.56
    • EUR14389.17
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Prezident e’tibori menga kuch berdi”. Hokim “sindirish”ga uringan tadbirkorni prezident siyladi

    Bundan ikki yil avval “Daryo” nashrida Qashqadaryo viloyatida faoliyat yurituvchi tadbirkor, paxtachilik klasteri rahbari Nurbek Ergashev bilan bog‘liq muammolar, tadbirkorning faoliyatiga to‘siq qo‘yilgani haqida turkum maqolalar e’lon qilingandi. O‘shanda Qarshi tumanining sobiq ayol hokimi Maqsuda Mustafoyeva tadbirkorning paxta uchun davlatdan olgan kredit mablag‘ini g‘allaga, g‘alla kombaynlari ta’miriga sarflashi kerakligini aytgani, tadbirkor esa bunga e’tiroz bildirgani yozilgandi.

    Tadbirkorga bog‘cha, maktab qurib bermayotganini, telefon qo‘ng‘iroqlariga javob bermasligiyu, selektorlarda ishtirok etmasligini aytgan hokim undan 15 ming gektar yerini tortib olgandi.

    Foto: “Daryo”

    Taqdir taqozosini qarangki, tuman hokimi “sindirishga” uringan tadbirkorni bugungi kunga kelib prezident Shavkat Mirziyoyev siyladi. Uning mehnatlari e’tirof etilib, tadbirkorga “Do‘stlik” ordeni topshirildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Daryo” davlat rahbari e’tirofiga erishgan tadbirkorni yana suhbatga tortdi va ayni kundagi fikrlari bilan qiziqdi.

    Foto: “Daryo”

    Nurbek Ergashev.

    Nurbek Ergashev.
    Foto: “Daryo”

    Shaxsan davlat rahbarining o‘zi “nima muammoying bor, mendan qanday yordam kerak”, demoqda

    Foto: “Daryo”
    So‘nggi yillarda O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun katta qadam tashlandi va buning uchun kerakli barcha ishlar qilinyapti. Soha rivoji uchun shaxsan prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning o‘zi bosh-qosh bo‘lmoqda. Bu esa biz tadbirkorlarga kuch, ishtiyoq beryapti. Ayniqsa prezidentimizning tadbirkorlar bilan shaxsan, yuzma-yuz ko‘rishib, muloqot qilishi bizga kuch beryapti. Tasavvur qiling, shaxsan davlat rahbarining o‘zi “nima muammoying bor, mendan qanday yordam kerak”, deb turgach, bizga bundan ortiq nima kerak?”, — deydi tadbirkor Nurbek Ergashev.

    Foto: “Daryo”

    “Prezidentimiz e’tiborida ekanimdan quvondim”

    Foto: “Daryo”
    O‘sha kuni safardan qaytgandim. Toshkentga borishingiz kerak deyishgach, prezidentimiz bilan muloqotga chaqirilganimdan judayam quvondim. Ishonasizmi, mukofot berilishini bilganimda judayam quvondim. To‘g‘risi, men uchun kutilmagan holat bo‘ldi. Bu mukofot nafaqat mening, oilam, jamoam, yaqinlarim va Qashqadaryo ahlining mukofoti bo‘ldi”, — deydi tadbirkor.

    Foto: “Daryo”
    “Muammo haqida aytaman degandim, ammo men aytmoqchi bo‘lgan barcha muammo va yechimi gapirildi”
    Prezident bilan uchrashuvda ishtirok etishim haqida eshitganimdan so‘ng o‘zimni qiynab kelayotgan barcha muammolar haqida gap ochaman, shaxsan prezidentimizdan bu haqda so‘rayman deb niyat qildim va shu niyatda Toshkentga bordim. Balki, ishonmassiz, lekin men aytmoqchi bo‘lgan barcha muammo zalda prezidentimiz tomonidan aytildi. Hatto bu muammolar yechimi haqida ham ma’lumot berildi. Qisqasi men va men kabi tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarni prezidentimiz oldindan bilgan va biz bilan uchrashuvda aynan shu masalalarni shaxsan o‘zlari gapirdi. Savolga o‘rin qolmadi”, — deydi suhbatdosh.

    Foto: “Daryo”

    Tadbirkorning esga olishicha, Qarshi tumanining sobiq hokimi Maqsuda Mustafoyeva bilan bog‘liq jarayonlar, ya’ni faoliyatiga to‘siq qo‘yilishi, nohaq ayblanib, yeri tortib olingani bilan bog‘liq voqealar uni ranjitgan. Ammo davlat rahbarining e’tirofi o‘sha mashaqqatlarni yoddan chiqarishiga yordam bergan.

    Foto: “Daryo”
    Tan olish kerak, Qarshi tumanining sobiq hokimi Maqsuda Mustafoyeva bilan bog‘liq jarayonlar, sudlashishlar sohaga nisbatan qiziqishim yo‘qolishiga, ey, deb barchasiga qo‘l siltashimgacha olib borgan. Lekin oilamning, yaqinlarimning, qo‘l ostimda faoliyat yuritayotgan ishchilarimning ishonchi va qo‘llab-quvvatlashi sabab yana yo‘limda davom etdim. Va bugun xato qilmaganimni, vaqtida chekilgan mashaqqatlarning kun kelib rohati bo‘lishini tushunib yetdim. Shaxsan davlat rahbari bizning kichkina mehnatimizni e’tirof etib, qo‘llab-quvvatlayotgani boshimdan o‘tkazgan barcha qiyinchiliklar, mashaqqatlarni esdan chiqarishimga yordam beryapti”, — deydi Nurbek Ergashev.

    Foto: “Daryo”
    Tadbirkor Nurbek Ergashevning ma’lumot berishicha, “Sulton tex group” kompaniyasi ayni kunda 12 ta yo‘nalishda faoliyat yuritadi.
    Kompaniyamiz 12 ta yo‘nalish bo‘yicha faoliyat ko‘rsatadi. Bu yerda 2 ming 800 nafar ishchi bor. Dalada paxtani urug‘lashdan tortib, uni yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilish ishlari bilan shug‘ullanamiz. Bir vaqtning o‘zida 50 ming tonna paxtani, 30 ming tonna chigit, 20 tonna tolani qayta ishlab, tayyor mahsulot tarzida eksport qilish imkoniyatimiz bor. Biroq, yerimiz tortib olingani bois, ayni kunda xomashyo taqchilligi bor. Shunga qaramasdan xomashyoni birjada sotib olib, ishimizni davom ettirib kelyapmiz. Bundan tashqari 1000 ta asalari uyi bor. Tog‘ asalini qadoqlab, eksport qilish bilan shug‘ullanamiz. Turkiya bilan urug‘chilik bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etganmiz. Qolaversa, biolaboratoriyamiz bor. Ishchilarimiz 2 million so‘mdan 10 million so‘mgacha maosh oladi”, — deydi tadbirkor.

    Foto: “Daryo”
    “Tadbirkorlikni yig‘ishtiraman degan qaror ham bo‘lgan”
    Qarshi tumanidagi faoliyatimiz davomida tumanning sobiq hokimi bilan bog‘liq sud jarayonlari, tadbirkorga qilinayotgan munosabatdan keyin tadbirkorlikni yig‘ishtiraman degan qaror ham bo‘lgan, ammo oilamning, yaqinlarimning, jamoamning qo‘llab-quvvatlagani, ularning menga ishonch bildirgani yana ishlashga undagan. Prezidentimizning tadbirkorlar bilan uchrashuvida bir tadbirkor davlatimiz rahbariga “buncha ko‘p energiyani qayerdan olasiz, buning sirini bizga ham ayting”, deganida, “buning hech qanday siri yo‘q, eng asosiysi Vatanni sevish kerak”, dedilar-ku, men ham o‘sha his tuyg‘u bilan shu paytga qadar ishlab keldim. Ishimni sevdim, jamoamni sevdim, Qashqadaryo xalqini sevdim va aholiga yaxshi ish o‘rni yaratish, ularni qo‘llab-quvvatlash ishtiyoqi menga kuch bergan. Biz ishlab chiqarayotgan mahsulotlar jahonda Sulton brendi bilan chiqsa, ishchilarimizga yaxshi maosh bersak bizdan baxtli inson yo‘q”, — deydi tadbirkor.

    Foto: “Daryo”
    “Muammo bo‘lsa, shaxsan viloyat hokimiga telefon qilib, aytish imkoniyatim bor”
    Murodjon Berdialiyevich viloyatga rahbar bo‘lib kelgan kunidan boshlab, tadbirkorlar bilan ko‘rishdi. Ularni tingladi. Tadbirkorlarni qiziqtirgan muammolarni o‘rgandi. Viloyat hokimining shaxsan o‘zi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlamoqda. O‘zlari xabar olib, qanday muammolar bor, mendan qanday yordam kerak deb so‘rab turadi. Menda ham muammo bo‘lsa, shaxsan viloyat hokimiga telefon qilib, aytish imkoniyatim bor. Xullas, byurokratiya yo‘q. Qo‘llab-quvvatlash zo‘r”, — deydi tadbirkor.

    Foto: “Daryo”

    Nurbek Ergashev O‘zbekiston prezidentining tadbirkorlarga bu qadar g‘amxo‘rligiga tadbirkorlar ham munosib javob qaytarishi kerak degan fikrda.

    Foto: “Daryo”
    “Yaratib berilayotgan barcha imkoniyatlar va shaxsan prezidentning g‘amxo‘rligiga biz tadbirkorlar ham munosib javob berishimiz kerak deb o‘ylayman. Bu qadar imkoniyat va e’tibor, qo‘shimchasiga imtiyozga o‘z vaqtida yaxshi ishlab, eksport salohiyatini oshirib, prezidentimiz, xalqimiz oldida o‘zimizni ko‘rsatishimiz kerak”, — deydi tadbirkor.
    16.09.2022, 20:10   Izoh (0)   65937
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida charm-poyabzal sanoati sohasidagi o‘zaro hamkorlik hajmi kengaymoqda

    16.09.2022, 19:58

    Yangiyo‘lda yosh yigit hokimlik bermoqchi bo‘lgan uyni ishxonasidan uzoq bo‘lgani uchun olmadi

    16.09.2022, 19:21

    Saudiya kompaniyalari O‘zbeksitonda yer maydoni ijaraga olib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishi mumkin

    16.09.2022, 19:12

    SHHT sammiti yakunida Samarqand deklaratsiyasi imzolandi

    16.09.2022, 19:01

    Putin Hindiston bosh vaziri bilan Rossiya–Ukraina masalasini muhokama qildi (video)

    16.09.2022, 18:49

    “Avtomobillarga o‘rnatilayotgan gaz ballonlar narxi arzonlashishi mumkin” – senator Qutbiddin Burxonov

    16.09.2022, 18:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy 


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondagi xususiy maktablarda o‘qish narxi qancha?

    25 avgust, 18:35

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qirg‘izistonda bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 23:48

    Olimlar paratsetamolning kutilmagan xavfi haqida ogohlantirdi

    Dunyo | 25 avgust, 23:40

    Rossiyada migrantlar imtihoniga ayollar bilan muloqot qilish qoidalarini kiritish taklif etildi

    Dunyo | 25 avgust, 23:25

    Polsha prezidenti ukrainalik qochqinlarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qonunga veto qo‘ydi

    Dunyo | 25 avgust, 23:15

    Britaniyada vertolyot qulashi natijasida uch kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 25 avgust, 23:05

    “AQSH Ukrainaga pul bermaydi”. Tramp urush haqida yangi bayonotlar bilan chiqdi

    Dunyo | 25 avgust, 22:57

    Iordaniya podshohi Samarqanddagi “Boqiy shahar” majmuasida bo‘ldi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 22:41
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.