Futbol bo‘yicha Portugaliya terma jamoasi sentabr oyidagi FIFA kunlarida bo‘lib o‘tadigan yig‘inga jalb qilingan futbolchilar ro‘yxatini ma’lum qildi.
Portugallar Millatlar Ligasida ikkita o‘yin o‘tkazadi. Fernandu Santush shogirdlari 24-sentabr kuni Chexiyaga qarshi bahs olib borsa, 27-sentabrda Ispaniya bilan o‘yin o‘tkazadi.
Qaydnomadan quyidagi futbolchilar o‘rin oldi:
Darvozabonlar: Diogu Meyrelesh Koshta (“Portu”), Joze Sa (“Vulverhempton”), Ruy Patrisiu (“Roma”);
Himoyachilar: Diogu Dalot (“Manchester Yunayted”), Joau Kanselu (“Manchester Siti”), Danilu Pereyra (“PSJ”), Pepe (“Portu”), Ruben Diash (“Manchester Siti”), Tiagu Jalo (“Lill”), Nunu Mendesh (“PSJ”), Rafael Gerreyru (“Borussiya D”);
Yarim himoyachilar: Joau Palinya (“Fulhem”), Ruben Nevesh (“Vulverhempton”), Bernardu Silva (“Manchester Siti”), Brunu Fernandesh (“Manchester Yunayted”), Joau Mariu (“Benfika”), Mateush Nunesh (“Vulverhempton”), Vitinya (“PSJ”), Vilyam Karvalyu (“Betis”);
Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu (“Manchester Yunayted”), Diogu Jota (“Liverpul”), Pedru Netu (“Vulverhempton”), Joau Feliks (“Atletiko”), Rafa Silva (“Benfika”), Rafael Leau (“Milan”), Rikardu Orta (“Braga”).
Avvalroq Fransiya terma jamoasi sentabr oyidagi o‘yinlar uchun tarkibni e’lon qilgandi.
Izoh (0)