Shavkat Mirziyoyevni mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashdagi katta xizmatlari uchun Rossiyaning Aleksandr Nevskiy ordeni bilan taqdirlash marosimi bo‘ldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbarini ushbu orden bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmon iyul oyida qabul qilingan edi.
Prezident mukofotni qabul qilar ekan, uni, birinchi navbatda, butun O‘zbekiston xalqining o‘zaro do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasining e’tirofi deb bilishini ta’kidladi.
Qayd etish joizki, Aleksandr Nevskiy ordeni bilan Rossiya bilan ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va uning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga ko‘maklashishda xizmat ko‘rsatgan atoqli xorijiy siyosat va jamoat arboblari mukofotlanadi.
Izoh (0)