Samarqanddagi SHHT sammiti doirasida 15-sentabr kuni Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan suhbatlashdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar qildi.
Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyevning hamkasblar bilan muzokaralar rejasi juda boy va tig‘iz.
Davlat rahbari Emomali Rahmon bilan ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibining eng dolzarb masalalarini muhokama qilgan.
Muloqotda chegaraoldi savdo hududini yaratish, qo‘shma investitsiya fondi mablag‘larini jalb qilgan holda kooperatsiya loyihalari sonini ko‘paytirish muhimligi ta’kidlangan.
Izoh (0)