Rossiya gazining Yevropa Ittifoqiga eksporti joriy yilda 50 milliard kub metrga kamayishi mumkin. Bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novakning intervyusiga tayanib, “TASS”xabar bermoqda.
Energetika vazirligidan olingan hisob-kitoblarga ko‘ra, eksport taxminan 50 milliard kub metrga qisqaradi, — dedi u.
15-sentabrdagi ma’lumotlarga ko‘ra, yil boshidan beri mamlakat gaz qazib olishni deyarli 16 foizga ya’ni 300,8 milliard kub metrgacha qisqartirgan. MDHdan tashqari mamlakatlarga gaz eksporti 8,5 oy ichida 38,8 foizga qisqargan ( 53,7 mlrd kub metrga) 84,8 mlrd kub metrga tushgan.
Sentabrda “Gazprom”ning o‘rtacha kunlik eksporti avgust oyiga nisbatan 22 foizga — 173 million kub metrgacha kamaygan.
2021-yilda “Gazprom”ning MDHdan tashqari davlatlarga gaz eksporti 185 milliard kub metrdan oshgandi.
Avvalroq Finlyandiya gaz iste’molini kamaytirish bo‘yicha Yevropa Ittifoqida rekord o‘rnatgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)