• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Tarixiy tashrif”: Shavkat Mirziyoyev Eron prezidenti bilan qator sohalar bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi

    Shavkat Mirziyoyev va Eron prezidenti hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilayotgani haqida xabar berilgandi. Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston va Eron prezidentlari ikki tomonlama hamkorlik masalalarini ko‘rib chiqdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Samarqanddagi Kongress markazida Shavkat Mirziyoyev va rasmiy tashrif bilan mamlakatda bo‘lib turgan Eron Islom prezidenti Ibrohim Raisiyning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbari Eron prezidentining ushbu tashrifini tarixiy deya baholadi hamda mamlakatlar o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi bilan qutladi.

    Keyingi yillarda O‘zbekiston–Eron munosabatlari yangi sur’at bilan rivojlanib borayotgani ta’kidlandi. Muzokaralarda prezidentlar ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika va madaniy-gumanitar sohalarda amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Savdo va transport sohalaridagi sheriklikka, ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi. Tomonlar keyingi yillarda o‘zaro muloqot va almashinuvlar faollashganini qayd etdi. Savdo ko‘rsatkichlari va kooperatsiya loyihalari soni oshib bormoqda. O‘tgan yilda tovar ayirboshlash 73 foizga, joriy yil boshidan esa yana 15 foizga oshdi.

    Joriy yilda hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi, biznes va fan-innovatsiya forumlari o‘tkazildi, Qo‘shma investitsiya qo‘mitasi ta’sis etildi. Ikki tomonlama savdoni yanada ko‘paytirish, yaqin istiqbolda tovar ayirboshlashni 1 milliard dollarga yetkazish uchun keng imkoniyatlar borligi qayd etildi. Shu maqsadda tegishli “yo‘l xarita”si ishlab chiqiladi. Bundan tashqari, imtiyozli savdo to‘g‘risida bitim imzolash ko‘zda tutilgan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, neft-gaz, qurilish materiallari va metall mahsulotlar ishlab chiqarish tarmoqlarida, fan va innovatsiyalar sohasida boshlangan va ishlab chiqilayotgan kooperatsiya loyihalari qayd etildi. Qo‘shma sanoat klasterlarini yaratish orqali ishlab chiqarishni mahalliylashtirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

    Transport-logistika sohasidagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston–Turkmaniston–Eron yo‘li orqali avtotransportda yuk tashishni yo‘lga qo‘yish, “Chobahor” porti salohiyatidan samarali foydalanish, yuklar olib kirilishi va tranziti sharoitlarini yengillashtirish bu boradagi imkoniyatlarning kengayishiga xizmat qilishi aytib o‘tildi. Ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi iqtisodiy, turizm va madaniy aloqalarni faollashtirish muhimligi qayd etildi.

    Afg‘oniston mavzusi yuzasidan ham fikr almashildi. Ibrohim Raisiy O‘zbekiston prezidentini o‘zi uchun qulay vaqtda javob tashrifi bilan Eronga borishga taklif etdi.

    Oliy darajadagi O‘zbekiston–Eron muzokaralari samarali va amaliy ruhda o‘tdi. Uchrashuv yakunida hamkorlikning turli sohalarini qamrab olgan 18 ta hujjat imzolandi.

    Shavkat Mirziyoyev va Ibrohim Raisiy qo‘shma bayonot imzoladi. Unda asosiy kelishuvlar qayd etilgan hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish borasidagi uzoq muddatli vazifalar belgilangan.

    Muzokaralar yakunida ikki tomonlama bitim va memorandumlar imzolandi. Bular:

    • ishbilarmonlik va ilmiy doiralar vakillari hamda sayyohlik guruhlari uchun viza tartibotlarini soddalashtirish to‘g‘risida bitim;
    • diplomatik pasportlar egalarini viza talablaridan ikki tomonlama ozod etish to‘g‘risida bitim;
    • 2022-2025-yillarda turizm sohasidagi hamkorlik dasturi;
    • fan, texnika va innovatsiya sohalarida o‘zaro anglashuv to‘g‘risida memorandum;
    • bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalarining harakati to‘g‘risida elektron bojxona axborotini almashish to‘g‘risida memorandum;
    • E-TIRga oid elektron axborotni almashish to‘g‘risida memorandum;
    • fan, tadqiqotlar, ta’lim va texnologiyalar sohalarida hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
    • qishloq xo‘jaligi vazirliklari o‘rtasidagi bitim;
    • sog‘liqni saqlash, davolash, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, ta’lim, farmatsevtika va tibbiy uskunalar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
    • sport sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
    • neft, gaz va neft-kimyo tarmoqlaridagi hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
    • “Chobahor” porti orqali xalqaro yuk tashishlar va tranzitni amalga oshirish to‘g‘risida memorandum;
    • 2022-2024-yillarda tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik dasturi;
    • bandlik va mehnat munosabatlari masalalari bo‘yicha memorandum.
    Shuningdek, Abu Rayhon nomidagi O‘zbekiston Sharqshunoslik instituti hamda Eron Arxiv tashkiloti va Milliy kutubxonasi o‘rtasida, ikki mamlakatning Ibn Sino fondlari o‘rtasida hujjatlar imzolandi.

    14.09.2022, 18:33   Izoh (0)   13041
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga ko‘proq qanday masalalarda murojaat qilinayotgani ma’lum qilindi

    14.09.2022, 18:22

    O‘zbekistonda “Gender audit” o‘tkaziladi

    14.09.2022, 18:22

    Oliy sud: “Protsessual kodekslarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish ustida ishlanmoqda”

    14.09.2022, 18:14

    Toshkent metropoliteni foydalanuvchilarining 66 foizi xizmat uchun QR kodli chiptalarda to‘lov qilgani ma’lum bo‘ldi

    14.09.2022, 17:42

    Qirg‘iziston prezidenti SHHT sammitida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga yetib keldi

    14.09.2022, 17:30

    Qarshida 11 yoshli bola Lacetti urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi

    14.09.2022, 17:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.