• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Dunyoga qarshi chiqqan juftlik: 34 yil davomida turmush qurish uchun qirolichaning ruxsatini kutgan Charlz va Kamillaning sevgi hikoyasi

    Shahzoda Charlz (hozirgi qirol Charlz III) va Kamilla Parker-Boulz 2005-yilda turmush qurgan. Ammo ular orasidagi muhabbat tarixi o‘tgan asrning yetmishinchi yillarida boshlanganini ko‘pchilik bilmaydi, deb yozadi The Voice Mag.

    Foto: The Voice Mag

    Foto: The Voice Mag

    2005-yil 9-aprel — Kamilla Parker-Boulz hayotida hali bunchalar baxtli kun bo‘lmagan. Ha, u nihoyat 35 yil oldin sevib qolgan insoniga turmushga chiqayotgan edi. Shu tarzda Kamillanng Charlz bilan hikoyasi boshlandi.

    Hammasi qanday boshlandi?

    Foto: The Voice Mag

    Foto: The Voice Mag

    Kamilla va Charlz 1970-yilda qirolichaning to‘ng‘ich o‘g‘li o‘sha paytda qatnashishni yaxshi ko‘rgan ijtimoiy tadbirlardan birida uchrashdi. Ajablanarlisi shundaki, Kamilla Charlzga to‘g‘ridan to‘g‘ri shunday dedi: “Mening buvim bilan sizning bobongiz o‘rtasidagi  munosabatdan xabaringiz bo‘lganmi? Balki biz ham sinab ko‘rarmiz?”

    Albatta, Charlz bunga qarshilik bildirmadi, munosabatlar tez rivojlandi. Shahzoda vaqt kelganda qirolicha unga turmush o‘rtoqni o‘zi tanlashini bilsa-da, Kamilla bilan jiddiy munosabatga kirishdi.

    Biroq kutilmagan voqea yuz berdi, Charlz haqiqatan ham sevib qoldi. Kamilla o‘zining xushmuomalaligi va hazilkashligi bilan shahzodaning ko‘nglini zabt etdi. Ammo u ofitser Endryu Parker-Boulz bilan munosabatda bo‘lgan va biroz vaqtdan so‘ng ular ajrashib ketgan edi.

    Albatta, Charlzning yonida Kamillani ko‘rishlari bilanoq, ommaviy axborot vositalari darhol qizning nomiga turli xil salbiy ma’nodagi fikrlarni bildirdi. Bu vaziyatdan keyin malikani xursand qilish imkoniyati kamaydi. 1971-yilda ular ayrilishga majbur bo‘ldi. Charlz dengiz flotida xizmat qilish uchun ketdi va Kamilla uni kutish befoyda ekanini tushundi, chunki o‘zini unga mos juft deb bilmasdi.

    Kamillaning to‘yi

    Foto: The Voice Mag

    Foto: The Voice Mag

    Bunday vaziyatda hech qanday ish chiqmasligini tushunib, (Charlzni onasining irodasiga qarshi chiqmasligini bilar edi), Kamilla 1973-yilda sobiq sevgilisi Endryu Parker-Boulzga turmushga chiqib, Parker-Boulz xonimga aylandi.

    Kamilla oila bilan band bo‘lib, Charlzni unutishga umid qilgandi. Biroq uning shaxsiy hayoti bu darajada mukammal emasdi. Endryu xotinboz bo‘lib chiqdi va hatto ikki farzandi tug‘ilgandan keyin ham quyilmadi.

    Aynan o‘sha paytda Kamilla va Charlz o‘rtasidagi munosabatlar qayta tiklandi, unga yonida rafiqasini qadrlaydigan erkak kerak edi. Sevishganlar munosabatini sir tutishga muvaffaq bo‘lmadi (yoki ular buni sinab ko‘rmadi), paparatssi ta’qibidan qochib qutila olmadi, ayniqsa hamma uchun Parker-Boulzning oilali ayol ekani juda ham g‘alati tuyuldi.

    Charlzning to‘yi

    Foto: The Voice Mag

    Foto: The Voice Mag

    Kamillaning ajrashish uchun ariza berishidan qo‘rqib, saroy ahli shahzodaga kelin izlashni tezlashtirdi. Yelizavetaning tanlovi yosh Diana Spenserga tushdi. Ularning to‘yi butun dunyo tomonidan muhokama qilindi, ammo hamma bo‘lajak qirol sevmasdan turmush qurayotganini taxmin qilgan edi. 20 yoshli Diana ham hali qirollik taklifini rad etish uchun aql va tajribaga ega emasdi. Oddiy qilib aytganda, u Charlzni haqiqatan ham uni to‘ydan keyin sevib qolishi mumkinligiga ishondi.

    Diana vafodor rafiqa bo‘lishi, barcha etiket qoidalariga rioya qilishi, taxt uchun merosxo‘rlarni dunyoga keltirishi kerak edi. Afsuski, hech kim uni sevib qolishga va’da bermagan. U Charlz bilan omma oldida o‘zlarini baxtli oiladek ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi. Ehtimol, shuning uchun ham ko‘pchilik Kamillani ajoyib baxtli oilani vayron qilgan ayol deb biladi.

    Afsuski, oradan o‘tayotgan yillar davomida Diananing eri bilan munosabatlari tobora keskinlashdi. Ikkinchi o‘g‘li Garri tug‘ilgandan ko‘p o‘tmay, er-xotin ajrashishga qaror qildi.

    Shahzoda Xaygrouv mulkiga ko‘chib o‘tdi va tez orada Kamilla ham tasodifan unga yaqin joyga joylashdi. Charlz o‘zining imkoniyatlari bilan ham hech narsa qila olmadi va na matbuotda ovoza bo‘lishi, na onasining noroziligi, na rasmiy turmush o‘rtog‘ining kechinma va umidsizligi haqida tashvishlandi. O‘sha vaqtda Diana haqiqatan ham bir chetda qolgandi, ammo keyinchalik uning ham atorfida oshig‘lari paydo bo‘ldi.

    Bu voqea cheksiz davom etishi mumkin edi, lekin kunlarning birida Diana va uning sevgilisi o‘rtasidagi telefon suhbati ommaviy axborot vositalariga tarqalib ketdi. 1995-yil oxirida Diana BBC kanaliga intervyu berdi va u o‘zining mashhur iborasini — nikohda ular uchta ekanini aytdi. Shundan so‘ng mukammal oila rolini o‘ynash mantiqqa ham to‘g‘ri kelmadi va Yelizaveta II ularning ajrashishiga rozilik berdi. Kamilla esa yuraksiz ayollar safiga qo‘shildi.

    Charlz va Kamilla yana birga

    Kamilla 1995-yilda eridan ajrashdi. 1996-yilda esa Charlz va Diana ajrashdi. Sobiq juftlik yana topishib, to‘y va baxtli hayotni orzu qila boshladi.

    Foto: The Voice Mag

    Foto: The Voice Mag

    Ammo keyin dahshatli voqea yuz berdi, malika Diana avtohalokatda vafot etdi. Butun Buyuk Britaniya motam tutdi. Buni tushungan Kamilla va Charlz tuzayotgan to‘y rejasini to‘xtatdi.

    Rasmiy ravishda, Kamilla qirolichaga faqat 2000-yilda tanishtirildi. Birga yashashga ruxsat olish uchun biroz vaqt kerak bo‘ldi. Shunga qaramay, juftlikka rasmiy tadbirlarda birga chiqish taqiqlandi. Oradan 4 yil o‘tgach, Yelizaveta II o‘g‘liga nikoh uchun rozilik berdi va 2005-yilda ularning uzoq kutilgan to‘yi bo‘lib o‘tdi.

    Foto: The Voice Mag

    Foto: The Voice Mag

    Kamilla Diana bilan bir xil unvonga ega bo‘ldi, ammo inson qalblari malikasiga hurmat tufayli u “Uels malikasi”dan foydalanmadi, unchalik yuqori bo‘lmagan Kornuoll gersoginyasini oldi.

    Ajablanarlisi shundaki, bu to‘y 34 yil avval — dramalar, azob chekkan yuraklar va, ehtimol, o‘limlarsiz ham o‘tishi mumkin edi.

    Bundan tashqari, Kamilla hech qachon shaxsiy manfaatni ko‘zlamaganligi va, masalan, qirolicha bo‘lishni maqsad qilmagani ham muhim ahamiyatga ega edi. Shuning uchun u, albatta, hammasining o‘z vaqti-soatida amalga oshishini kutdi. 2022-yil 8-sentabrda Yelizaveta II vafot etdi va tojni uning to‘ng‘ich o‘g‘li meros qilib oldi va qirol Charlz III nomini oldi, uning rafiqasi Kamilla esa qirolicha bo‘ldi.

    Mavzuga doir: Millionlarni qayg‘uga solgan fojia. Malika Diananing bevaqt o‘limiga 25 yil to‘ldi (video)

    14.09.2022, 19:10   Izoh (0)   17497
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda mualliflik huquqini buzgan san’atkorlar reytingi tuzib chiqildi

    14.09.2022, 17:38

    Farg‘onada fonogramma orqali qo‘shiq aytish taqiqlandi

    14.09.2022, 17:10

    “Yoshligimda nuqul o‘zbekka erga tegmayman derdim”. Aktrisa Dildora Hoshimova koreys turmush o‘rtog‘i islom dinini qabul qilgani hamda ismini ham o‘zgartirgani haq...

    14.09.2022, 16:10

    Nargiz Zokirova mualliflik huquqlarini buzganlikda hamda taqiqlangan qo‘shiqlarni O‘zbekistonda ijro etganlikda ayblanmoqda

    14.09.2022, 14:10

    Zarina Nizomiddinova Toshkentdagi hashamatli xonadonini ko‘rsatdi (video)

    14.09.2022, 11:44

    Nargiza Salmonova erining roziligi bilan “Bravo” a’zosi bo‘lgani, afsuslangan roli va Turkiya kinosidagi puxtalik haqida (video)

    14.09.2022, 10:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kambodja Trampni tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatdi

    Dunyo | 2 avgust, 21:25

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Bojxona qo‘mitasi Qirg‘iziston chegarasida tirbandlik yuzaga kelishidan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 21:00

    Tramp Oq uyda hashamatli tantanalar zali qurib, uni AQSHga sovg‘a qilmoqchi

    Layfstayl | 2 avgust, 20:55

    Andijonda “otpuska”dagi o‘qituvchilar maktab taʼmirlayotgani aytilmoqda

    O‘zbekiston | 2 avgust, 20:44

    Rekord sarmoyalar: gigant texnologik kompaniyalar 2025-yilda sun’iy intellekt uchun 115 mlrd dollar sarfladi

    Dunyo | 2 avgust, 20:40

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.