“Daryo”da Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida maktab o‘qituvchilari majburiy mehnatga jalb qilingani xabar berilgandi. Mazkur holat tuman hokimligi nazoratiga olingani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat tuman hokimligi tomonidan nazoratga olindi. Holat o‘rganilib, batafsil ma’lumot taqdim etilishini ma’lum qilamiz”, — deyiladi Oltinko‘l tumani hokimligi axborot xizmati rasmiy xabarida.Eslatib o‘tamiz, majburiy mehnatga jalb qilingan o‘qituvchilar “Daryo”ga shikoyat qilib, “Ko‘pchilik o‘qituvchilar maktab direktoriga qarshi chiqolmaydi. Agar kimdir aytganini qilmasa, uning dars soatini kamaytirishga, hujjatlaridan kamchilik topishga kirishib ketadi”, — degandi.
Bundan avvalroq Oltinko‘l tumanidagi 1-sonli maktab o‘quvchilari majburiy mehnatga jalb qilingani, voqea ortidan maktab direktori hayfsan olgani ma’lum qilingandi.
Izoh (0)