Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i Farhod Dehqonov hibsga olindi. Bu haqda Bosh prokuraturaga tayanib “Gazeta.uz” xabar qildi.
Qayd etilishicha, boshqarma boshlig‘i 9-sentabr kuni Jinoyat kodeksining 205-moddasi 2-qismi “a” bandi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish, davlat yoki jamiyatga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazish)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanmoqda.
“Farhod Dehqonov asosiy vazifasi ekologiya va atrofni muhitni muhofaza qilishga oid qonunchilik talablari ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish kerak bo‘lgan holda, o‘z mansab vakolatlarini suiiste’mol qilib, go‘yoki daraxtlarni ko‘chirishga ruxsat bergani vaji bilan ularning nobud qilinishiga sharoit yaratib bergan”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)