Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasining xabar berishicha, iPhone’larni hududga noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi.
Boshqarmaning kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Log‘on–Farg‘ona yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro A.A. boshqaruvidagi Spark kuzatuvga olinib, Farg‘ona shahri hududida to‘xtab turgan vaqtida belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Natijada E.A.ga tegishli bo‘lgan avtomashina salonida noqonuniy olib kirilgan hamda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 144,2 million so‘mlik 7 turdagi jami 36 dona iPhone uyali aloqa vositalari borligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)