“Bavariya” futbolchisi Kingsli Koman mashg‘ulotlarda jarohat oldi.
Fransiyalik futbolchi jarohat sabab 2-3 hafta maydonga tusha olmaydi, deya xabar beradi Bild.
Shu tariqa Koman Chempionlar Ligasi guruh bosqichida “Barselona”ga qarshi o‘yinni, shuningdek, Bundesliga doirasida “Shtutgart” va “Augsburg”ga qarshi bahslarni o‘tkazib yuboradi.
Yarim himoyachi terma jamoa yig‘inlaridan so‘ng tarkibga qaytishi kutilmoqda.
Koman joriy mavsum Bundesligada 3 ta o‘yinda bitta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Izoh (0)