• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo” reportaji: Namangandagi ayollari ham xomtokning uddasidan chiqadigan uzumchilar mahallasi (video)

    Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Xo‘jand” mahallasi aholisi asosan uzumchilik bilan shug‘ullanadi. Bu yerda hatto ayollar ham uzumni parvarishlash sirlarini biladi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev hikoya qilmoqda.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Nafaqat uylar, balki ko‘chalar ham uzumzor

    Tumanning qadimgi mahallalaridan biri bo‘lgan Xo‘jandda 590 ta xonadon bo‘lib, aholisi 3 mingdan oshadi. Bu yerda yetishtiriladigan “Kelinbarmoq”, “Husayni”, “Rizamat ota” kabi uzum navlarining xaridori serob.

    Mahalladagi hokim yordamchisi Faxriddin Kamolovning hisob-kitoblariga ko‘ra, hududda joriy yil 700 tonnadan ortiq uzum yetishtirilgan. Bundan 50 tonnasi xorijga, asosan, Rossiya va Qirg‘istonga yuborishga ham ulgurilgan. O‘tgan yili esa mahallaning uzum eksporti ko‘rsatkichi 456 tonnani tashkil etgan.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    “Mahallamizning ‘Uzumzor‘ ko‘chasi tumanga kelgan mehmonlarning qadamjosiga aylanib qolgan. Nafaqat hovlilar, balki ko‘chaga ham o‘rnatilgan so‘ritoklar ko‘rgan odamning havasini keltiradi. Yoqubjon Xidirov, Sabohat Nazarova, Mo‘minjon Yusupov, Olimjon Imomaliyev xonadonlarida har yili uzumdan 60-70 million so‘mgacha daromad olinadi”, — deydi Faxriddin Kamolov.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    “Buxorodan kelin oling, Buxorodan”

    Biz hokim yordamchisi va tuman hokimligi matbuot xizmati rahbari Zohida Kenjayeva bilan yuqorida zikr etilgan xonadonlardan biri — Yoqubjon Xidirovning uyida bo‘ldik. Xonadon sohibi tashqarida uzum parvarishi bilan, u kishining turmush o‘rtog‘i Jamila opa va yangi tushirgan kelinlari Gulsara esa uy yumushlari bilan band ekan.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Shu yerda o‘ziga xos kelinsalom marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Gulsara asli Buxoroning Vobkent tumanidan. Toshkentdagi Vestminster litseyida tahsil olgan, so‘ng o‘qishni Janubiy Koreya poytaxti Seuldagi Xanyang universitetida davom ettirgan. Shu yerda to‘raqo‘rg‘onlik Dinmuhammad bilan tanishib, ahd-paymon qilishgan.

    Gulsara Najimova, “Xo‘jand” mahallasining buxorolik kelini.

    Gulsara Najimova, “Xo‘jand” mahallasining buxorolik kelini.
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    “Bu yerga kelin bo‘lib tushganimdan so‘ng mahallamiz boshdan-oyoq uzumzor ekanligini ko‘rib hayratga tushgandim. Men o‘qiydigan Seul katta shahar, poytaxt bo‘lganligi uchun doim odam gavjum, shovqin. Bizning xonadonda esa sokinlik va go‘zallik hukmron. O‘zim tug‘ilib-o‘sgan Buxoroda yerimiz sho‘r bo‘lgani sababli uzum yaxshi rivojlanmaydi, barakali hosil olish qiyin. Bu yerda esa hovlimiz ham, bog‘imiz ham uzumga burkangan. Shu sababli endi o‘zim ham uzum parvarishiga qiziqib qoldim. Qaynotam xomtok qilayotganlarida kuzatyapman, yordam beryapman”, — deydi kelin.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Xomtok hadisini olgan ayol

    Shu mahallada yashovchi Sabohat opa Nazarova o‘zi ham xomtok bilan shug‘ullanadi deyishganida avvaliga ishonmadik, chunki bu ish asosan erkaklarning mashg‘uloti hisoblanadi. Bizning taajjubimizni ko‘rgan opa qo‘liga tokqaychi olib, xomtok qilishga kirishib ketdi. Yana chamasi 10 metr balandlikdagi so‘ritokka qo‘yilgan maxsus narvonga chiqib.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    “Uzum parvarishlashga yoshligimdan qiziqaman. To‘g‘risi, xomtok qilsam asablarim ham joyiga tushadi, charchaganimni bilmayman. Ishonsangiz, shu paytgacha jiddiy bir kasal bo‘lmaganman, uzumzor men uchun eng yaxshi sanatoriy. Salkam 30 yil oldin toshloq ko‘chamizni ko‘kalamzorlashtirish uchun tok ko‘chatlari o‘tqazgandik. Astoydil parvarishimizdan keyin barpo bo‘lgan ishkomlar qo‘shnilarimizni g‘ayratini qo‘zidi, ular ham ko‘chaga uzum ko‘chatlari ekishdi. Bugun ko‘chamizning chiroyigina emas, olayotgan daromadimiz ham havas qilishga arzigulik. O‘tgan yili shuni ortidan Damas avtomobili ham xarid qildik”, — deydi opa.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Birinchi prezident sovg‘asi

    Xo‘jand mahallasini ko‘pchilik bu yerda istiqomat qilgan mirishkor bog‘bon Abdujabbor ota Yusupov orqali yaxshi biladi. Chunki otaxon o‘z vaqtida Birinchi prezident Islom Karimov qo‘lidan avtomobil sovg‘asini olgan. Bu “Jiguli” hozirgacha Yusupovlar xonadonida tabarruk esdalik sifatida saqlanadi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Hozir otaning ishlarini o‘g‘illari Komiljon Yusupov davom ettirmoqda. U 15 sotixli hovlisida serhosil uzum navlarini parvarishlamoqda, ko‘chatchilik esa uning sevimli mashg‘uloti. Bu yerga qo‘shni tuman va viloyatlardan ham xaridorlar kelib, tok qalamchalarini olib ketishadi.

    Mirishkor bog‘bon Komiljon Yusupov.

    Mirishkor bog‘bon Komiljon Yusupov.
    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Yusupovlar xonadonidagi pastakkina yog‘och so‘ritoklarda uzum g‘uj-g‘uj bo‘lib yotibdi. Qo‘lingni uzatsang bas, oftobda yaraqlab turgan va ta’mi benihoya totli uzumlarga ega chiqasan.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    Komiljon aka yaxshi uzum yetishtirish uchun albatta baland va qimmatbaho so‘ritoklar shart emasligi, joy va imkoniyatdan kelib chiqib shunday sharoitda ham mo‘l hosil olish mumkinligini bizga batafsil tushuntirdi.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

    To‘raqo‘rg‘on tumanining “Xo‘jand” mahallasida shunday gaplar. Agar to‘y-to‘noq uchun mehmonlar maqtoviga sabab bo‘ladigan uzum xarid qilmoqchi yoki uyda parvarishlash uchun pand bermaydigan ko‘chat izlayotgan bo‘lsangiz, manzilda aslo adashmang. Mashhur asar qahramoni ta’biri bilan aytganda, “hali hech kim bu dargohdan noumid ketmagan”.

    07.09.2022, 12:24   Izoh (0)   20022
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sirdaryoda Lacetti va Nexia-2 to‘qnashishidan to‘rt kishi halok bo‘ldi

    07.09.2022, 12:13

    Samarqanddagi qabristonda qurigan o‘tlar yoqib yuborildi

    07.09.2022, 11:35

    “Asabiy holda qo‘pol so‘zlar ishlatgan, ammo o‘ta haqoratli so‘zlar viloyat hokimiga tegishli emas”. Surxondaryo hokimining ovozi deyilgan audioyozuvga izoh berild...

    07.09.2022, 11:13

    Farg‘onada 4 yoshli tarbiyalanuvchisi suvda cho‘kib o‘lgan bog‘chada oziq-ovqatlar talon-toroj qilingani aniqlandi

    07.09.2022, 10:11

    “Talabalarimizga uy-joy yetishmayapti. Mabodo xonadoningizda joy bo‘lsa, ijaraga bering” — Sherzodxon Qudratxo‘ja

    07.09.2022, 09:56

    Vladimir Norov Saudiya Arabistoniga boradi

    07.09.2022, 09:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.