• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Turdimov o‘quvchilarga avtobus berdi, Abdurahmonov o‘qituvchilarni onlayn qutladi, Azimov uy muzey ochdi: O‘zbekistondagi maktablarda birinchi qo‘ng‘iroq — suratlarda

    Bugun O‘zbekistondagi mavjud umumta’lim maktablarida birinchi qo‘ng‘iroq sadolari yangradi. “Daryo” muxbirlari mazkur jarayonda ishtirok etib, tadbirlarning e’tiborga molik jihatlarini tasvirga oldi.

    Qoraqalpog‘iston

    “Daryo”ning Qoraqalpog‘istondagi muxbiri Shuhrat Saidahmadovning ma’lumot berishicha, Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay O‘rinbayev bugun Kegeyli tumanidagi 19-sonli maktabga borib, birinchi qo‘ng‘iroq tadbirida ishtirok etgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Vazirlar Kengashi raisi Qahramon Sariyev esa Nukusdagi 24-sonli maktabda bo‘lib o‘quvchilarga prezident sovg‘alarini topshirgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ma’lum bo‘lishicha, Qoraqalpog‘istonda yangi o‘quv yilida 37 ming 514 nafar o‘quvchi 1-sinfga chiqqan.

    Foto: “Daryo”

    Qashqadaryo

    Qashqadaryo hokimining matbuot kotibi Ahror Sodiqovning “Daryo”ga ma’lumot berishicha, Murodjon Azimov bugun Qarshi tumanidagi maktabda bo‘lib, birinchi qo‘ng‘iroq tadbirida ishtirok etgan.

    Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi

    Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi

    “Kuni kecha hurmatli prezidentimiz mustaqillik bayrami munosabati bilan yo‘llagan bayram tabrigida, mamlakat taraqqiyotining besh ustuvor yo‘nalishi haqida ta’kidlab, eng birinchi va ustuvor yo‘nalish bu ta’lim, ta’lim va yana ta’lim ekanini ta’kidladi”, — deydi viloyat hokimi.

    Murodjon Azimov shu kuni so‘nggi jadid Begali Qosimov xonadonidagi uy muzeyi ochilishida ham ishtirok etgan.

    Qashqadaryo hokimi so‘nggi jadid Begali Qosimov xonadonidagi uy muzeyi ochilishida.

    Qashqadaryo hokimi so‘nggi jadid Begali Qosimov xonadonidagi uy muzeyi ochilishida.
    Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi

    So‘nggi jadid Begali Qosimov xonadonidagi uy muzeyi.

    So‘nggi jadid Begali Qosimov xonadonidagi uy muzeyi.
    Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi

    Jurnalist Murodjon Amirovning “Daryo”ga qo‘shimcha qilishicha, birinchi qo‘ng‘iroq tadbirlari Dehqonobod tumanida ham esda qolarli bo‘lgan.

    Dehqonobod hokimi Zoir Aliqulov birinchi qo’ng‘iroq tadbirida.

    Dehqonobod hokimi Zoir Aliqulov birinchi qo’ng‘iroq tadbirida.
    Foto: Dehqonobod tumani hokimligi

    Tuman hokimi Zoir Aliqulov prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Dehqonobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabidagi birinchi qo‘ng‘iroq tadbirida qatnashgan bo‘lsa, tuman prokurori Laziz Hamrayev 79-maktabdagi tadbirda ko‘rinish berib, o‘quvchilarga dars o‘tgan.

    Laziz Hamrayev 79-maktabda o‘quvchilarga dars o‘tmoqda.

    Laziz Hamrayev 79-maktabda o‘quvchilarga dars o‘tmoqda.
    Foto: Dehqonobod tumani hokimligi

    Qo‘shimcha qilinishicha, joriy o‘quv yilida viloyatdagi umumta’lim maktablarining 1-sinflariga 73 ming 472 nafar o‘quvchi qabul qilingan. Ularga prezident sovg‘alari to‘liq yetkazib berildi. Shuningdek, yangi o‘quv yilida maktablarga 532 nafar o‘qituvchi ishga qabul qilingan.

    Farg‘ona

    Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov viloyatning Yozyovon tumanidagi 12-umumta’lim maktabida bo‘lib, birinchi qo‘ng‘iroq tadbirida ishtirok etdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.

    Foto: “Daryo” / Elyor Mamajonov

    Foto: “Daryo” / Elyor Mamajonov

    Tadbirda so‘z olgan viloyat rahbari o‘quvchilarni bilimlar kuni bilan qutlab, 2021—2022-o‘quv yilida maktabning 11-sinfini tamomlagan 31 nafar bitiruvchining 25 nafari OTM talabasi bo‘lgani katta yutuq ekanligini ta’kidladi.

    Foto: “Daryo” / Elyor Mamajonov

    Foto: “Daryo” / Elyor Mamajonov

    Viloyatda joriy o‘quv yilida XTB tasarrufidagi 952 ta maktabga 74 ming nafardan ziyod, 53 ta nodavlat ta’lim muassasiga esa 2300 nafardan ortiq o‘quvchilar qabul qilingan.

    Foto: “Daryo” / Elyor Mamajonov

    Xayrullo Bozorov ishtirokidagi tadbirda 12-maktabning birinchi sinf o‘quvchilariga portfel va 12 turdagi o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘alari” topshirilgan. Hokim birinchi qo‘ng‘iroq tadbiridan so‘ng maktabning 11-sinf o‘quvchilariga “Mustaqillik darsi”ni o‘tgan.

    Namangan

    Namanganda joriy o‘quv yilida foydalanishga topshirilgan 3 ta yangi umumta’lim maktabida ilk bor birinchi qo‘ng‘iroq yangradi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

    Foto: “Daryo” / Rahmonjon Mamadaliyev

    Foto: “Daryo” / Rahmonjon Mamadaliyev

    Davlatobod tumanining “Tadbirkor” mahallasidagi 990 o‘rinli yangi maktabning ochilish marosimida viloyat hokimi Shavkat Abdurazzaqov ishtirok etdi. 18,2 milliard so‘m evaziga qurib bitkazilgan ushbu ta’lim maskani bugun ming nafarga yaqin o‘quvchini bag‘riga oldi.

    Foto: “Daryo” / Rahmonjon Mamadaliyev

    Foto: “Daryo” / Rahmonjon Mamadaliyev

    Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi matbuot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, Namanganda joriy yil investitsiya va boshqa dasturlar asosida jami 13 ta maktabda mukammal ta’mirlash, 14 ta ta’lim muassasasida rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi, 3 ta maktab yangi qurildi. Ushbu maqsadlar uchun 213 milliard so‘mdan oshiq mablag‘ sarflandi.

    Foto: “Daryo” / Rahmonjon Mamadaliyev

    Foto: “Daryo” / Rahmonjon Mamadaliyev

    Ma’lumot uchun, yangi o‘quv yilida Namangan viloyatidagi umumta’lim maktablariga 538 mingdan oshiq o‘quvchi boradi. Ulardan qariyb 59 ming nafari ilk bor maktab ostonasini hatladi.

    Andijon

    Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov Andijon shahrida joylashgan 31-umumta’lim maktabidagi tadbirda ishtirok etib, o‘sha yerning o‘zida viloyat televideniyasi orqali jonli efirda chiqish qilgan va viloyatdagi barcha ustozlar, o‘quvchi va talabalarni yangi o‘quv yili boshlanishi bilan qutlagan. Bu haqda “Daryo” muxbiri Umidjon Mamarasulov xabar berdi.

    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Hokimning qayd etishicha, so‘nggi besh yil davomida viloyatda 50 ta yangi maktab qurilgan, 234 ta maktab rekonstruksiya qilinib, tubdan ta’mirlangan va jihozlangan. Joriy o‘quv yilida qayta qurilgan, kapital ta’mirlangan va rekonstruksiya qilingan 36 ta maktab foydalanishga topshirilgan. Buning uchun 317 milliard so‘m byudjet mablag‘lar yo‘naltirilgan.

    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Shuhrat Abdurahmonov shu kuni yaqinda qayta tashkil etilgan Andijon davlat chet tillari institutining ochilish marosimida ham ishtirok etgan hamda birinchi bosqich talabalariga mustaqillik darsini o‘tgan.

    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Foto: “Daryo” / Fazliddin Muqaddasov

    Samarqand

    Joriy o‘quv yilida Samarqand viloyatida 83 ming 550 nafar o‘quvchi 1-sinflarga qabul qilindi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Umumta’lim maktablarida bo‘lib o‘tgan bilimlar kuni tadbirlarida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Shokir Sultonov, tuman va shahar hokimlari, sektor rahbarlari, mahalla faollari, faxriy o‘qituvchilar, maktab o‘quvchilari, ota-onalar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

    Tadbirda Payariq tumanining Buloqboshi qishlog‘ida yashovchi, 36-umumtalim maktabiga 9 kilometr masofadan qatnovchi o‘quvchilarga Samarqand hokimi Erkinjon Turdimov tomonidan avtobus sovg‘a qilindi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ayni kunga qadar jami 56 ta umumta’lim obyektidan 50 tasida qurilish-ta’mirlash ishlari yakunlanib foydalanishga topshirish dalolatnomalari rasmiylashtirgan. Qolgan 6 ta obyektni 2022-yilning 25 sentabiriga qadar tugatish va foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Umumta’lim maktablarini qurish va rekonstruksiya qilish orqali qo‘shimcha 8130 o‘rnli yangi o‘quvchi o‘rni yaratilgan.

    Buxoro

    Yangi o‘quv yili avvalida Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabining yangi binosi foydalanishga topshirildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

    Foto: “Daryo” / Fayzulla Rahmatov

    Foto: “Daryo” / Fayzulla Rahmatov

    Maktab direktori Shokir Rahmatovning bildirishicha, mazkur maktabning 2 ta ikki qavatli binosi bo‘lib, biri 1966-yilda foydalanishga topshirilgan bo‘lsa, ikkinchi bino 1997-yilda tiklangan va 320 o‘ringa ega bo‘lgan.

    Foto: “Daryo” / Fayzulla Rahmatov

    Foto: “Daryo” / Fayzulla Rahmatov

    “1966-yilda tiklangan maktab binosi ma’nan eskirgani va foydalanishga yaroqsiz bo‘lgani bois, joriy yilning 1-may kunida batamom buzildi. 120 kun ichida to‘rt qavatli 540 o‘ringa mo‘ljallangan maktab binosi qayta tiklandi. Zamonaviy, mustahkam ushbu maktab binosi bugun “Bilimlar kuni”da foydalanishga topshirildi. Bolalar ham, ota-onalar ham, qolaversa, biz, maktab jamoasi ham juda mamnunmiz”, — deydi Shokir Rahmatov.

    Foto: “Daryo” / Fayzulla Rahmatov

    Foto: “Daryo” / Fayzulla Rahmatov

    Ma’lum bo‘lishicha, maktab binosi uchun 7 milliard 398 million mablag‘ sarflangan.

    Mavzuga doir: Gul ko‘targan qizaloqlar, universitet eshigidagi uzun navbatlar, ko‘ch-ko‘ronini ortmoqlagan talabalar. O‘zbekistonda ilk o‘qish kuni — suratlarda

    05.09.2022, 16:43   Izoh (0)   28727
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda SHHT mamlakatlari ekspertlari axborot xavfsizligini ta’minlash masalalarini muhokama qiladi

    05.09.2022, 16:42

    Oqsayotgan o‘zbek tibbiyoti, bir-biriga raqib xususiy va davlat shifoxonalari, “sindirilgan” 100 ming dollarli kadrlar – shifokor Maqsud Mallayev bilan suhbat (vid...

    05.09.2022, 16:37

    Markaziy bank dollarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini e’lon qildi

    05.09.2022, 16:37

    Samarqand turizm markazi Euronews telekanili nigohida

    05.09.2022, 16:30

    Yangiyo‘lda o‘qituvchi o‘quvchilarni kaltaklagani va haqorat qilgani aks etgan video tarqaldi

    05.09.2022, 15:34

    Qo‘qonda Matiz’i jarima maydoniga tushgan haydovchi lezviya bilan o‘ziga jarohat yetkazishga urindi (video)

    05.09.2022, 15:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.