• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Islom Karimov vafotiga 6 yil, Rossiyada so‘nggi o‘lim jazosi va 229 kishining umriga zomin bo‘lgan aviahalokat. Kun xronologiyasida 2-sentabr

    Galifaksdagi MD-11 bortining falokati

    1988-yilning 2-sentabr kuni Kanadada yirik aviatsiya halokati ro‘y berdi. Nyu-York—Jeneva yo‘nalishi bo‘yicha parvozni amalga oshirayotgan Swissair aviakompaniyasining McDonnell Douglas MD-11 avialayneri havoga ko‘tarilganidan 55 daqiqa o‘tgach, ekipaj kabinasi yonida yong‘in yuzaga kelgan. Uchuvchilar samolyotni eng yaqin aeroport tomon yo‘naltirgan, biroq u Galifaks aeroportidan 56 kilometr janubi-sharqda joylashgan muqaddas Margaret ko‘rfaziga qulagan. Samolyot bortida bo‘lgan barcha — 229 nafar yo‘lovchi va 14 nafar ekipaj a’zosi halok bo‘lgan.

    111 reysining halokati Swissair aviakompaniyasi tarixidagi birinchi, Kanada tarixidagi esa ikkinchi (birinchisi — 256 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan DC-8 halokati) eng yirik aviahalokatga aylangan.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Suvga qulagan samolyot butunlay parchalangan, qoldiqlarning aksariyat qismi dengizning 55 metr chuqurligiga tushib ketgan. Jami 126,5 tonna samolyot qoldiqlari topilgan bo‘lib, u havo kemasi massasining 98 foizini tashkil etadi. Suv ostidagi temir-tersaklarni chiqarib olish ishlari 15 oy davom etgan, oxirgi mayda detallarni 1999-yilning dekabrida olib chiqishga muvaffaq bo‘lingan.

    Qoldiqlarni qidirish ishlari davomida tadqiqotchilar tasodifan Ikkinchi jahon urushi davrida Kanadaga berilgan va nishon-kema sifatida foydalanilgan Britaniyaning HMS L26 suvosti kemasi korpusiga duch kelgan.

    Tekshiruvlar

    SWR 111 reysining halokati bo‘yicha tergov 4 yil davomi etgan va Kanada hukumati bunga 39 million AQSH dollari sarflagan. Suv ostidagi samolyot qoldiqlari va insonlarning jasadlarini chiqarib olishga 4 mingga yaqin odam jalb etilgan.

    2003-yilning 27-martida Kanada Transport xavfsizligi kengashi (TSBC) tergovning yakuniy xulosasini e’lon qiladi.

    Xulosaga ko‘ra, SWR 111 reysi bortidagi yong‘in biznes-klassdagi yo‘lovchilar video ko‘rishi va videoo‘yin o‘ynashiga imkon yaratib beradigan IFEN ko‘ngilochar tizimidagi qisqa tutashuv sabab yuzaga kelgan. Yong‘in olovga bardoshli bo‘lmagan maylar izolyatsiya materiali sabab tarqalgan.

    Foto: CTV News Atlantic

    Foto: CTV News Atlantic
    Tutunga qarshi kurash bo‘yicha xavfsizlik yo‘riqnomasiga muvofiq uchuvchilar barcha yordamchi tizimlarni, jumladan, samolyot dum qismidagi sirkulyatsion ventilyatorni ham o‘chirishga majbur bo‘lgan, bu esa yong‘inning uchuvchilar kabinasida tarqalishiga olib kelgan. Samolyot strukturasida foydalanilgan yonuvchan materiallar olovning tezda tarqalib, boshqaruv yo‘qotilishiga sabab bo‘lgan. Halokatdan 6 daqiqa oldin barcha tizim ishdan chiqqan. Tergovchilarning fikricha, uchuvchilar so‘nggi daqiqalargacha kabinadagi olovni o‘chirishga uringan.

    Halokat oqibatlari

    111 reysi nima sababdan halokatga uchragani ma’lum bo‘lgach, samolyotlar konstruksiyasida metallsimon maylardan foydalanish butunlay taqiqlangan. Shunga qaramay, ayrim davlatlarning aviakompaniyalari bu boradagi ko‘rsatmaga tezda rioya etmagan.

    Swissair aviakompaniyasi 111 reysi ekipaji va yo‘lovchilariga hurmat yuzasidan Nyu-York—Jeneva reysi nomerini SWR 023 ga o‘zgartirgan va bu yo‘nalish bo‘ylab Airbus A330-300 samolyoti parvoz qila boshlagan.

    SWR 111 reysining falokati Swissair aviakompaniyasining bankrot bo‘lishi va 2002-yilda butunlay faoliyatini to‘xtatishiga olib kelgan muhim omillardan biri hisoblanadi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Aviahalokat sabab Pablo Pikassoning dastxati tushirilgan “Ijodkor” nomli fototipli kartinasi yo‘qolgan. U taxminan 1,5 million dollarga baholangan. Suvdan chiqarib olingan samolyot qoldiqlari orasida Pikasso kartinasining kichik bo‘lagi ham topilgan.

    Shuningdek, ma’lumotlarga ko‘ra, samolyotning yukxona bo‘lmasida 10 million dollarlik brilliant va qimmatbaho buyumlar bo‘lgan.

    Rossiyada oxirgi o‘lim jazosining qo‘llanishi

    Bu yil Rossiyada oxirgi o‘lim jazosi qo‘llanganiga 26 yil bo‘ldi: 1996-yilning 2-avgustida “Fisher”, “Chikatiloning shogirdi” yoki “Bo‘g‘ma ilon” laqabi bilan tanilgan seriyali manyak Sergey Golovkin otib tashlangan. Boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu qotil va zo‘ravon oliy jazoga hukm etilganlarning biri bo‘lgan, xolos, manbalarning qayd etishicha, Rossiyada so‘nggi o‘lim jazosi 1996-yilning 2-sentabrida ijro etilgan.

    Foto: “Gazeta.ru”

    Foto: “Gazeta.ru”

    Golovkin Odinsk tumanidagi yerosti garajida qurbonlarini qiynagan, zo‘rlagan, ba’zida ularni bir-birining ko‘z o‘ngida o‘ldirgan, jasadlarni maydalab, terisini shilib olgan va kannibalizm bilan shug‘ullangan. Golovkinning dachasi Yelsinning dachasidan 500 metr uzoqlikda joylashgan. U o‘zining birinchi jinoyatini 1984-yilning yozida sodir etgan. Boshqa seriyali manyaklar kabi Golovkin ham yuqori intellekt sohibi bo‘lgan (1982-yilda Timiryazev qishloq xo‘jaligi akademiyasini tamomlagan), ish joyida ajoyib mutaxassis hisoblangan, KPSS a’zosi bo‘lgan.

    Foto: “Gazeta.ru”

    Foto: “Gazeta.ru”

    Rossiya konstitutsiyasiga muvofiq, mamlakatda o‘lim jazosi Jinoyat kodeksida hayotga qarshi o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun alohida jazo sifatida belgilangan, shu bilan birga, ayblanuvchiga o‘z ishini hakamlar hay’ati tomonidan ko‘rib chiqish huquqini beradi.

    Rossiyaning sobiq prezidenti Boris Yelsin 1996-yilning 16-mayida “Rossiyaning Yevropa Kengashiga kirishi munosabati bilan o‘lim jazosini qo‘llashni bosqichma-bosqich qisqartirish to‘g‘risida”gi farmonni imzolagan. Mamlakatda o‘lim jazosiga moratoriy 1999-yilning 2-fevralida Konstitutsiyaviy sud tomonidan tasdiqlangan. Shunga qaramay, Jinoyat kodeksida o‘lim jazosi o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlarga chora sifatida saqlanib qolgan. Mazkur moratoriy 2010-yilda tugashi lozim edi, biroq 2009-yilning noyabrida Konstitutsiyaviy sud Rossiya sudlariga o‘lim jazosi bo‘yicha hukm chiqarishni taqiqlab qo‘ydi.

    Hozirda Rossiya Jinoyat kodeksida o‘lim jazosini nazarda tutuvchi 5 ta modda mavjud: 105-modda (qotillik), 277-modda (davlat yoki jamoat arbobi hayotiga tajovuz), 295-modda (odil sudlovni yoki dastlabki tergovni amalga oshiruvchi shaxsning hayotiga tajovuz), 317-modda (huquqni muhofaza qilish organi xodimining hayotiga tajovuz), 357-modda (genotsid).

    Rossiyada o‘limga mahkum qilinganlar faqat otish yo‘li bilan qatl etiladi. Shu bilan birga, o‘lim jazosi ayollarga, voyaga yetmaganlar va keksalarga (65 yoshdan katta) nisbatan qo‘llanmaydi. O‘lim jazosidan afv etilgan shaxs umrbod qamoq yoki 25 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosiga mahkum etiladi.

    O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov vafoti

    Sog‘liqni saqlash vaziri Anvar Alimov va boshqa tibbiyot mutaxassislari tuzgan tibbiy xulosaga binoan, Islom Karimov 2016-yilning 27-avgust kuni ertalab soat 09:00 da hushsiz holatda zudlik bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi Tibbiyot-sanitariya birlashmasining Markaziy klinik shifoxonasiga olib kelingan.

    Foto: “Jahon” agentligi

    Foto: “Jahon” agentligi

    Tibbiy ko‘rik Rossiya fanlar akademiyasi akademiklari: kardiojarroh Leo Bokeriya va neyrojarrox Aleksandr Potapov, Hannover xalqaro neyroxirurgiya institutining vitse-prezidenti va ijrochi direktori, professor Amir Samii, Monako kardiotorakal markazi direktori, professor Gilles Dreyfus, Heydelberg universiteti kardiologiya bo‘limi rahbari, professor Hugo Katus, Helsinki universiteti markaziy gospitalining neyroxirurgiya bo‘limi professori Juha Hernesniyemi tomonidan o‘tkazilgan.

    Davolash rejasi o‘zbekistonlik mutaxassislar bilan o‘tkazilgan konsiliumda belgilangan. Tibbiy xulosaga binoan, bemorning nevrologik holati avval boshdan atonik koma sifatida qayd etilgan. Nevrologik statusda diffuz mushak atoniyasi, arefleksiya kuzatilgan. Bemorga uch marotaba dinamik elektroensefalografik tekshiruv o‘tkazilib, unda bosh miyaning bioelektrik faolligining susayishi aniqlangan. To‘liq hajmdagi diagnostika-davolash muolajalari va intensiv terapiya chora-tadbirlari o‘tkazilganiga qaramasdan 2016-yil 2-sentabr kuni soat 20:15 da yurak faoliyati to‘xtagan. Amalga oshirilgan intensiv reanimatsiya tadbirlari natija bermagan va bemorda soat 20:55 da biologik o‘lim holati qayd etilgan.

    2016-yil 2-sentabrda Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi kengashi, Oliy Majlisi Senati Kengashi va Vazirlar Mahkamasining qarori chiqdi, unda Islom Karimov xohish-irodasiga ko‘ra Samarqandda dafn etilishi, 2-sentabrdan boshlab uch kunlik motam e’lon qilinishi ko‘rsatilgandi. Dafn marosimini o‘tkazish komissiyasi tarkibida Shavkat Mirziyoyev, Rustam Inoyatov, Rustam Azimov, Adham Ahmadboyev va boshqa davlat va jamoat arboblari ko‘rsatildi.

    Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining axboroti

    Aziz vatandoshlar,

    Yuragimizda chuqur qayg‘u bilan barchamiz uchun qadrli bo‘lgan Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov vafot etganini ma’lum qilamiz. Islom Abdug‘aniyevich 2016-yil 2-sentabrda Toshkent shahrida bosh miyada qayta tiklanmaydigan o‘zgarishlarga va poliorgan yetishmovchiligiga olib kelgan miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi (insult) oqibatida vafot etdi.

    Mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov haqiqatan buyuk tarixiy shaxs edi. Islom Karimovning qat’iyati va jasorati bilan respublikamiz mustaqillikka erishdi va o‘z taraqqiyot yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdi. Yosh davlatimiz uchun g‘oyat murakkab va mas’uliyatli davrda vaziyat beqarorlashuvining oldi olingani va xalqimizning urush dahshatlarini ko‘rmasdan eson-omon o‘tishi bevosita Islom Karimov nomi bilan bog‘liq.

    Xalqimizning cheksiz muhabbatini qozongan, mustaqil mamlakatimizning Birinchi Yo‘lboshchisi Islom Abdug‘aniyevich Karimov qalblarimizda abadiy qoladi va kelajak avlodlar xotirasida tinchlik, barqarorlik, farovonlik va taraqqiyot rahnamosi, buyuk davlat arbobi sifatida mangu yashaydi.

    Barchamiz uchun qadrli bo‘lgan Prezidentimizning vasiyatiga ko‘ra, Islom Karimov shu yil 3-sentabrda ota-onasi mangu qo‘nim topgan ona shahri Samarqandda musulmon urf-odatlariga binoan dafn etiladi.

    O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti bilan vidolashuv marosimi 2016-yil 2-sentabrda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.

    Biz barchamiz uchun o‘ta og‘ir judolik munosabati bilan marhumning oila a’zolari va butun O‘zbekiston xalqiga chuqur hamdardlik bildiramiz.

    3-sentabr, shanba kuni Islom Karimov ona shahri — Samarqandning Hazrati Hizr masjididagi qadimiy qabristonga dafn etildi.

    Foto: “Centre1.com”

    Foto: “Centre1.com”

    Foto: “Unian.net”

    Foto: “Unian.net”

    Foto: Sputnik

    Foto: Sputnik

    Foto: NewsTimes

    Foto: NewsTimes

    Foto: EPA

    Foto: EPA

    Foto: “MGIMO.ru”

    Foto: “MGIMO.ru”
    02.09.2022, 09:56   Izoh (0)   80938
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Amerikalik olimlar jigar transplantatsiyasiga muhtoj bemorlarni yangi usulda davolamoqchi

    02.09.2022, 08:31

    James Webb birinchi marta Quyosh tizimidan tashqaridagi sayyorani suratga oldi (foto)

    01.09.2022, 23:35

    BMT Xavfsizlik kengashi Ukraina bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi

    01.09.2022, 23:15

    MAGATE missiyasi Zaporojye AESda o‘rganish olib bormoqda — tafsilotlar

    01.09.2022, 19:33

    Xitoyda “qayrilma” osmono‘par bino qurib bitkazildi (foto)

    01.09.2022, 17:08

    Putin Gorbachyov bilan vidolashdi. U dafn marosimida qatnashmaydi (video)

    01.09.2022, 16:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    30 dan ortiq dron urib tushirildi — Rossiya Mudofaa vazirligi

    Dunyo | 28 iyun, 21:25

    “Istanbul Rossiya va Ukraina tinchlik muzokaralarining uchinchi raundini o‘tkazishga tayyor” — Turkiya

    Dunyo | 28 iyun, 21:05

    Superliga. “Navbahor” Namanganda “Mashʼal”ga javobsiz oltita gol urdi

    Sport | 28 iyun, 21:04

    Toshkentda Chorbog‘ga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 20:40

    Rossiya Shvetsiya bilan yadroviy qurilmalar kelishuvini bekor qildi

    Dunyo | 28 iyun, 20:20

    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi

    Reklama | 28 iyun, 19:30

    Bir guruh yigitlar “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 20:00

    “Rossiya Ukrainaning strategik shahri yaqinida 110 ming askar to‘pladi” — Kiyev

    Dunyo | 28 iyun, 19:55

    Bobir Abdiholiqov “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi

    Sport | 28 iyun, 19:46

    Yoshlar kuni munosabati bilan bir guruh yigit-qizlar “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 19:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.