• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Zapret”ga tushgan Shohrux Hamdamov qachon uylanishi haqida so‘nggi qarorga kelgani va hayotda o‘zi yaratgan qaysi obrazga o‘xshashni istamasligi haqida (video)

    “Isnod”, “Muhabbat restorani”, “Maftun bo‘ldim” kinofilmlari, “Baxt ovchisi” seriali va “Otalar so‘zi” telenovellasidagi ijrolari bilan tomoshabinlar qalbidan joy olgan aktyor Shohrux Hamdamov nima uchun hozirgacha uylanmagani, shou-biznesdagi aktrisa va xonandalar bilan tarqalgan mish-mishlarning qanchalik haqiqatga yaqinligi, bo‘lajak turmush o‘rtog‘ini san’at sohasidan tanlamasligi, nima sababdan “zapret”ga tushganini bilmasligi, uni “zapret” qilganlarga munosabati va hayotda o‘zi yaratgan qaysi obrazga o‘xshashni istamasligi haqida gapirdi.

    Aktyor nima uchun hozirgacha uylanmagani, onasi topgan qizga uylanishni rejalashtirayotgani va shu yilning oxirigacha turmush qurish niyati borligi haqida

    “Qanday qilib tushuntirsam ekan. Masalan, siz bir tovarni kimgadir qiziqligi uchun sotasiz, lekin u narsa siz uchun qiziq emas, men tovar sotaman demoqchi emasman. Bu sohada yurgandan keyin hamma narsa teskari bo‘lib qolar ekan, qizlar sizga gapirar ekan, keyin atrofingizda o‘zini tutishi yo‘qoladi. Shularni ko‘rib, ko‘pchilik shunaqa bo‘lsa kerak, deb o‘ylayman. Masalan, ko‘chada bir qiz ketyapti, qarayapsiz, lekin miyadagi fikrlar bu ham bo‘lmaydi, deb ustunlik qiladi. Bu fikrlarni ortga qaytarish uchun esa o‘sha qiz bilan bir-ikki og‘iz gaplashishga to‘g‘ri keladi. Munosabatda bo‘lish kerak, shunda qizning qanaqa ekani bilinadi.

    Umrimda bir marta uchrashuvga chiqdim. Men uchun uchrashuvga chiqish g‘alati vaziyat. O‘zimning insonimni hali uchratmadim deb o‘ylayman, hali yuragim jiz etmadi. Onam topganiga uylanish niyatim bor, ular esa turmush o‘rtog‘imni o‘zim topishimni aytyapti, topganlarini ham ko‘raveraman. Lekin bitta narsa bor, onalar uyda o‘tiradi, sal gapga ham ishonuvchan bo‘lib qoladi. Biz esa ko‘chada yuramiz, hozirgi kunda qizlarni ayollardan emas, mahallasidagi bolalardan surishtirish kerak.

    Mendan ham mahallamdagi birorta yaxshi qizni so‘rashsa, haqiqatan ham yaxshi deyman. Agar boshqacha bo‘lsa, yana bir surishtirib ko‘rishini aytaman. Hozir oldingidek qizlar kam. Bu yil uydagilar bilan kelishib, aniq qaror qabul qildim, nasib qilgan kun uylanaman. Agar yaxshi qiz bo‘lsa, yuragim jiz etsa, bir oydan keyin ham to‘y bo‘lib ketishi mumkin. Shu yilning oxirigacha uylanish niyatim bor”, — deydi aktyor.

    O‘zbek shou-biznesdagi aktrisa va xonandalar bilan tarqalgan mish-mishlarning qanchalik haqiqatga yaqinligi va bo‘lajak turmush o‘rtog‘ini san’at sohasidan tanlamasligi to‘g‘risida

    “Munisa Rizayevaning klipida o‘ynaganim uchun meni u bilan sevishadi deb o‘ylashgan. Hozirgi kungacha 40 dan ortiq klipda o‘ynagan bo‘lsam, hammasida shu mavzu bor. Yaqinda Rayhon Asadova bilan ‘Million’ jamoasining konsertida yonma-yon o‘tirib qoldik, yana shu gap chiqdi.

    San’atdan emas, boshqa yo‘nalishdagi qiz bilan munosabatda bo‘lganman. Biroq san’at sohasidan uylangim yoki biror-bir jiddiy mavzuda qaragim kelmaydi. Bir-birimizni tushunmaymiz deb bilaman. Onam bunga qarshi emas, aksincha, bir klipda shu qiz bilan rol o‘ynabsan, shuni surishtir, deb qo‘yadi. Lekin bo‘lmasligini bilmaydi”, — deydi Shohrux Hamdamov.

    Foto: Instagram /@shoxruxkhamdamov

    Foto: Instagram /@shoxruxkhamdamov

    Shohrux Hamdamov “zapret”ga tushganini bilmasligi va ikkita loyihada shu sabab suratga tusha olmagani, uni “zapret” qilganlarga munosabati haqida

    “Nima sababdan ‘zapret’ga tushganimni bilmayman, sabab topolmayapman. ‘O‘zbekkino’dagi hech bir inson bilan shaxsiy adovatim bo‘lmagan. Hozir ham birorta rejissorning kinosi yaxshi chiqmagan bo‘lsa, yaxshi chiqmaganini aytaman, yaxshi chiqqan bo‘lsa, yaxshi deyman. Chunki biz shu sferadagi insonlarmiz. ‘Zapret’ga tushganim bo‘yicha aniq sabab topolmayapman, keyin atrofdagilar ham aniq fikrni aytmayapti. Menga ‘zapret’ga tushganimni aytib, kinoga yaqinlashtirishmayapti. Ikkita loyihaning suratga olish jarayonlari boshlanishi kerak edi. Keyin shunaqa gap-so‘zni eshitdim.

    Men ‘zapret’dan qo‘rqmayman, har qanday ishni qila olaman. Kliplardan takliflar ham ko‘p, nechta rejissorlar taklif qildi. Bu narsa meni tinchlantirmaydi, alam qiladigani — bu sohaga sakkiz yil umrimni tikkanman. Sakkiz yilning har ikki oyida suratga olish jarayonlari bo‘lgan, viloyatlarga borar edik. Bir yilda uchtadan kinoga tushgan bo‘lsam, yarim yildan ortiq umrimni saflaganman. Shundan keyin bunaqa gap-so‘zlar bo‘lsa, alam qilar ekan. Men kimga yomonlik qildim yoki borib biror joyni yoqib yuborganim yo‘q.

    To‘g‘ri, rejissorlar bilan aytishib qolgan paytlarim, suratga olish jarayonlaridan ketgan vaqtlarim bo‘lishi mumkin, lekin hammasining sababi bor. Balki u yerdagi ijodkorlarga qaysidir intervyudagi gapim yoqmagandir, bu degani bo‘ldi, yopildi degani emas.

    ‘Zapret’ga tushishimga sababchi bo‘lgan insonlarga zo‘r bo‘ldi, dam olishga sharoit yaratib berdingiz, rahmat. Nimaga unaqa gap-so‘zlar qilib yurganingizni bilmadim, hammasi vijdoningizga havola, degan bo‘lardim”.

    Aktyor hayotda o‘zi yaratgan qaysi obrazga o‘xshashni istamaydi?

    “Hayotda ‘Baxt ovchisi’ serialidagi obrazimga o‘xshashni istamayman. Ssenariyni o‘qiganimda, obrazimning onasiga qarshi boradigan joylari, shundan keyin onasi oq qildim degan voqealar bor. O‘sha payt juda g‘alati bo‘lib ketganman. Gulchehra Ibrohimbekova ham yaxshi rol o‘ynagan, xuddi onam gapirgandek bo‘lgan, bu juda yomon narsa”, — deydi aktyor.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Mavzuga doir: 

    • Durdona Qurbonova va Feruza Normatova, Shahzod Sultonov va Shohrux Hamdamov: Jiddiy kelishmovchilik sabab bir filmda suratga tushishni istamaydigan aktyor va aktrisalar (video).
    • Instagram: Singlisiga mashina sovg’a qilgan Muhammadziyo, yaqin insonidan ayrilgan Ra’no Shodiyeva, “zapret”ga tushgan Shohrux Hamdamov.
    • Instagram: “Dizaynchi”ning onasiga syurprizi, Shahzod Sultonov va Shohruh Hamdamov orasidagi sovuqchilik, “Million” haqida keskin fikr bildirgan Durdona Qurbonova.
    • Instagram: Sevara Soliyeva hijobga kirib, san’atni tark etdimi? Shohrux Hamdamov Sitora Alimjonovani yaxshi ko‘radimi? Abdukarim Mirzayevga taqlid. 

    31.08.2022, 13:00   Izoh (0)   27908
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Instagram: Choyxonada “uxlab qolgan” Abdulla Qurbonov, mashina haydashni o‘rganayotgan Iskandar Hamroqulov, Zarina Nizomiddinovaning tanaffusdan keyingi ilk roli

    30.08.2022, 22:33

    Malika Diananing mashinasi auksionda 650 ming funt sterlingga sotildi

    30.08.2022, 20:48

    Muxlislar turmush qurishini kutgan, biroq taqdir yo‘li bog‘lanmagan o‘zbek shou-biznesi vakillari (foto, video)

    30.08.2022, 18:57

    Bolaligidanoq mashhurlikka erishgan jahon kinosi yulduzlari bugun qanday ko‘rinishda va hayotini kim bilan bog‘lagan? (foto)

    30.08.2022, 16:50

    Turkiyalik taniqli aktrisa Demet O‘zdemir xonanda O‘guzxan Kochga turmushga chiqdi (foto)

    30.08.2022, 14:40

    Nima uchun Ilon Maskning onasi o‘g‘lining uyiga mehmonga borganida uning garajida yashashni afzal ko‘radi?

    30.08.2022, 13:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ularning ko‘pchiligi oramizda yo‘q: “I operatsiyasi” aktyorlari yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    Kino | 23 avgust, 09:00

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.