Sirdaryo viloyati Guliston shahrida 11 yoshli bola oyog‘i temir panjaraga tiqilib qoldi.
28-avgust kuni soat 7:22 da Sirdaryo viloyat FVBning 1050 qisqa raqamiga Guliston shahar “Bo‘ston” MFY hududidagi ariq ustiga o‘rnatilgan metall panjara orasiga 11 yoshli bolakayning bir oyog‘i tushib ketib, qisilib qolganligi to‘g‘risida murojaat kelib tushgan.
Zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan qutqaruvchilar maxsus uskunalar yordamida bolaning oyog‘ini panjara orasidan jarohatlarsiz chiqarib olib, amaliy yordam ko‘rsatgan va ota-onasiga sog‘-omon topshirgan.
Izoh (0)