Zangiota tumanida 2 nafar fuqaroning 1 200 AQSH dollarini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Zangiota tuman bo‘limi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda muqaddam o‘g‘rilik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan N.N. fuqarolar D. va I.ning ishonchiga kirib, ularga go‘yoki tanishlari yordamida “Qo‘yliq dehqon bozori” atrofida salqin ichimliklar savdosi bilan ruxsatnomasiz faoliyat yuritishlariga sharoit yaratib berish evaziga jami 1 200 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)