Jorjinyo Veynaldum konservativ tarzda davolanadi.
“PSJ” ijaraga olingan “Roma” yarim himoyachisi jarrohlik amaliyotidan voz kechdi. Niderlandiyalik mashg‘ulotlarda olgan jarohati sabab, 3-4 oyni o‘tkazib yuboradi.
Xavbek 2023-yilning boshida maydonga qayta oladi. Umumiy hisobda 20 tacha o‘yinni o‘tkazib yuboradi, deb yozadi Sky Sport.
Shu tariqa Niderlandiya terma jamoasi futbolchisi Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionatini o‘tkazib yuboradi.
31 yoshli futbolchi “Roma” safiga o‘tganidan so‘ng bitta o‘yinda ishtirok etdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)