Quyi Chirchiq tumani “Mevazor” mahallasida yashayotgan M.U.ni eri rashk tufayli pichoqlab o‘ldirgani aytilmoqda. Bugun bu oilaning bog‘chadagi janjali videosi tarqalgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, ayol 25-avgust kuni eri tomonidan pichoqlangan.
Aytilishicha, 1998-yilda tug‘ilgan ayol poliklinikada hamshira bo‘lib ishlagan.
Ma’lum qilinishicha, oilaviy kelishmovchiliklar tufayli ota uyiga ketib qolgan M.ni eri qidirib keladi. M.ning ota-onasi ham kuyov o‘zi kelgani uchun andisha qilib, ko‘rishishga ruxsat beradi.
G‘irt mast ahvolda bo‘lgan er esa ayol bilan ko‘rishgan zahoti bo‘yniga pichoq tiraydi va urishib, uni qiynab azoblaydi. Keyin hayvonni bo‘g‘izlagandek so‘yib tashlaydi. So‘ng o‘zi voqea joyidan qochib ketadi.
Ayolning ota-onasi nima bo‘lganini anglaguncha kech bo‘ladi. Ota qizini mashinaga solib, shifoxonaga olib ketayotganda M. yo‘lda qiynalib jon beradi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyati IIB holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berishni ta’kidlagan edi.
Izoh (0)