2022-yilning avgust oyida Dubay xalqaro aeroporti 4,1 million yo‘lovchini qabul qildi va Londonning Xitrou aeroportini ortda qoldirib, dunyodagi eng gavjum xalqaro aeroportga aylandi.
Aviatsiya kompaniyasi OAG xabar berishicha, Dubay xalqaro aeroporti avgust oyida 4,1 million odamni qabul qilgan. 2022-yilning ikkinchi choragida aeroport 14,2 million yo‘lovchini ro‘yxatga olgan, bu o‘tgan yilga nisbatan 190,6 foizga ko‘p.
Avgustda gavjum bo‘lgan aeroportlar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni Londonning Xitrou aeroporti egalladi — u 3,4 million kishini qabul qilgan. Shuningdek, kuchli o‘ntalikdan Amsterdam (3,15 million kishi), Parijning Sharl de Goll (3,14 million), Istanbul (2,9 million), Frankfurt (2,9 million), Doha (2,2 million), Londonning Gatvik (2,094 million), Singapurdagi Changi (2,089 million) hamda Madrid (2,012) aeroportlari joy oldi.
Eng yaxshi yo‘nalishlar o‘ntaligiga Dubay – Ar-Riyod, Mumbay – Dubay, Dubay – London, Dubay – Jidda, Dehli – Dubay va Bahrayn – Dubay yo‘nalishlari kirdi. Kuala-Lumpur — Singapur yo‘nalishi eng ommabop deb topildi: undan 325 350 kishi foydalangan.
Izoh (0)