Manikyur qildirish uchun salonga borishga vaqtingiz bo‘lmaganda, uy sharoitida ham qo‘l va tirnoqlar go‘zalligini saqlab qolish mumkin. Buning uchun ko‘pgina kosmetika yoki laklarga ega bo‘lishingiz ham shart emas.
Qo‘lingizni to‘g‘ri yuvasizmi? Ajoyib, lekin teringizni namlashni unutmang
Ko‘pincha qo‘llarimizni yuvganda terimiz quruqlashadi. Teri yumshoq va silliq bo‘lishi uchun muntazam ravishda oziqlantiruvchi yoki namlovchi kremdan foydalanish kerak.
Idish yuvish yoki uy tozalashda
Qo‘llaringizni kimyoviy moddalardan himoya qilish uchun har doim rezina qo‘lqop kiying.
Tirnoqlar uzunligi va shakliga e’tibor bering
Tirnoq o‘sib ketgan vaqtni kutmaslik kerak. Tirnoqlarning uzunligini kuzatish va o‘z vaqtida shaklini tuzatish muhimdir. Ammo baribir, qo‘llaringizga g‘amxo‘rlik qilishda to‘g‘ri va muntazam manikyur ortiqchalik qilmaydi.
Uy sharoitida manikyur qilish uchun nima kerak?
- aseton,
- paxta yostiqchalari,
- tirnoq olgich,
- manikyur qaychisi,
- apelsin tayoqcha,
- remuver (kutikulani olib tashlash uchun),
- tirnoqqa shakl berish uchun pilka,
- polirovka qilish uchun pilka.
Birinchi qadam eski lak qoldiqlarini lakni tozalash vositasi bilan namlangan paxta yostig‘i bilan olib tashlashdir, agar tirnoqlarda lak bo‘lmasa ham tirnoq plastinkasini artib olish kerak.
Keyingi qadam, agar kerak bo‘lsa, tirnoqlarni kesish yoki pilka qilish. Tirnoqlarni pilkalashda juda ehtiyot bo‘lish kerak.
Keyin tirnoq chetlarini polirovka qiladiga pilka bilan ishlov berish lozim. Kutikulani apelsin tayoqchasida muloyimlik bilan ishlab, yumshatgichdan foydalaning.
Kutikulaga kesmasdan ishlov berish
Remuverni 20-30 soniya davomida qoldiring, keyin kutikulani astalik bilan orqaga suring. Agar qo‘lingizda maxsus tozalash vositasi bo‘lmasa, uning o‘rniga yog‘li krem ishlatishingiz mumkin.
Lakdan oldin asosiy qoplamani surting
Bu tirnoq plastinkasining sarg‘ayishining oldini oladi va lakning yaxshi yopishishini ta’minlaydi. Bazani yupqa qatlam bilan yoyib, keyin bemlol lak surtishingiz mumkin.
Izoh (0)