Namangan shahrining Guliston ko‘chasidagi gaz zapravkada bo‘lgan “Jiguli”da yong‘in chiqdi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yong‘in haqida xabar 22-avgust kuni soat 08:10 larda kelib tushgan. Shunga asosan bitta yong‘in o‘chirish ekipaji jalb etilib, yong‘in bartaraf etilgan.
Hozirda yong‘in kelib chiqish sabablari va aybdorlari aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida halok bo‘lgan, tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.
Mavzuga doir: Chilonzorda YPX xizmat mashinasi yonib ketdi
Izoh (0)