• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda NNTlarning grant olish jarayonlari bilan bog‘liq faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan tartib joriy qilinmadi — Adliya vazirligi

    Davlat organlarining NNTlar tomonidan xalqaro grantlarni amalga oshirishda hamkorlik qilishiga oid hukumat qarori ijtimoiy tarmoqda ayrim muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Adliya vazirligi holatga munosabat bildirdi. Quyida u to‘lig‘icha havola etildi.

    Birinchidan, “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunga asosan, davlat NNTlarni qo‘llab-quvvatlash shakllari va shartlarini belgilaydi.

    “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, NNTlarning alohida ijtimoiy foydali dasturlariga davlat ko‘mak ko‘rsatishi mumkin.

    Hukumatning yuqorida qayd etilgan qarorining asosiy maqsadi esa, grantlarni amalga oshirishda NNTlarga yordam berish, ularni qo‘llab-quvvatlash, loyihalarning samaradorligini oshirish, shuningdek, ularning manzilli olib borilishiga hissa qo‘shishdir.

    Hujjatning biror bir qoidasi NNTlarga xalqaro grantlarni olishda byurokratik to‘siq yoki cheklov o‘rnatishga qaratilmagan, aksincha bu borda NNTlar ko‘mak ko‘rsatishning institutsional asoslarini mustahkamlash ko‘zlangan.

    Ikkinchidan, mazkur hujjat bilan oldin amalda bo‘lgan qoidalar, ya’ni aynan grant loyihalari doirasida ishlarni birgalikda samarali tashkil etish uchun NNTlarga ortiqcha yuk emas, ko‘mak nazarda tutilyapti.

    Hozir ham NNTlar xalqaro grantlar olib, ularni davlat organlari bilan birgalikda va hamkorlikda hayotga tatbiq etib kelmoqda. Shu bilan birga, NNTlarning xalqaro grantlarini amalga oshirishda davlat organlarining faoliyatida yagona yondashuv bo‘lmagan. Ayrim davlat organlarining NNTlar bilan ishlashi e’tibordan chetda qolib kelgan. Endilikda esa, milliy hamkorni biriktirish orqali davlat organlariga NNTlarga yordam berish majburiyati yuklanmoqda.

    Uchinchidan, NNTlarning grant olish jarayonlari bilan bog‘liq faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan tartib joriy qilinmadi.

    Qonunchilikka muvofiq, NNTlar xalqaro NNTlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri xalqaro aloqalar o‘rnatishi, hamkorlik to‘g‘risida tegishli bitimlar tuzishi mumkin.

    Bunda, xorijiy hamkorlaridan pul mablag‘lari olishni adliya organlari bilan oldindan kelishib olish majburiyati amaldagi “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonunning 8-moddasida belgilab qo‘yilgan.

    Ushbu qarorda xorijiy manbalardan olingan mablag‘lar doirasida grant loyihalari amalga oshirilish jarayonida, faqat va faqat davlat organlari zimmalariga qo‘shimcha vazifalar yuklatilmoqda, yo‘l xaritalari tuziladi va ijrosi birgalikda ta’minlanadi va monitoring qilinadi.

    Qarorga asosan hamkor davlat organini tanlashda NNTlarning fikri, taklifi ustunlikka ega bo‘ladi.

    Hujjatning 11-bandida milliy hamkor NNTga grant loyihasining sifatli, o‘z vaqtida amalga oshirilishida amaliy yordam berish uchun mas’ul ekanligi, bunda milliy hamkorning NNT ichki ishlariga aralashishiga yo‘l qo‘yilmasligi nazarda tutilgan.

    Qayd etish lozimki, davlat organlari grant bo‘yicha tegishli rejalarni ishlab chiqishda, NNTlarga zarur ma’lumotlarni vaqtida taqdim etishda, grant doirasidagi muammolarni zudlik bilan hal etishda NNTlarga yordam beradi.

    Loyihalarning yanada samarador bo‘lishi uchun, zarurat bo‘lsa, tavsiyava takliflar berish bilan cheklanadi xolos.

    Grantlar ijrosiga, amalga oshirish usuliga davlat organlarining hech qanday aloqasi yo‘q. NNTlar bu borada mustaqil, ularning grantlar bo‘yicha pozitsiyasini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

    Jarayonlar huquqiy jihatdan mustahkamlandi, davlat organlarining NNTlarga amaliy ko‘mak berish bo‘yicha mas’uliyati oshirildi, ularning vazifalari aniq belgilab berildi.

    Qolaversa, qarordan ko‘zlangan maqsad – har bir grant haqiqiy samara berishiga erishish va grant doirasidagi hamda davlat organlarining tegishli sohadagi faoliyati hamohangligini ta’minlashga bo‘lgan harakat O‘zbekistonning aynan tashqi ko‘makka yanada ko‘proq ochilayotganligidan dalolat beradi.

    Qonunlarda belgilangan NNTlar faoliyatiga oid kafolatlar ta’minlanadi.

    Fuqarolik jamiyatining huquqiy asoslarini izchil takomillashtirish, NNTlarga ko‘mak berish, davlat va jamiyat boshqaruvida ularning faol ishtirok etishini vazirlik qo‘llab-quvvatlaydi.

    21.08.2022, 19:59   Izoh (0)   8293
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonga 2022-yilning 7 oyida qancha xorijlik davolanish maqsadda kelgani ma’lum qilindi

    21.08.2022, 19:18

    O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘zaro turistlar oqimini 100 ming kishiga yetkazmoqchi

    21.08.2022, 18:47

    O‘zbekistonda kriptovalyutalar bilan savdo qilish qoidalari tasdiqlandi

    21.08.2022, 18:40

    Qamchiq dovonida 2 ta Lacetti bilan to‘qnashgan Isuzu beton to‘siqqa borib urildi. Qurbonlar bor

    21.08.2022, 17:40

    O‘zbekiston bo‘ylab 1-sentabrdan boshlab sayohat qilganlarga xarajatlarining bir qismi qaytarib beriladi

    21.08.2022, 17:39

    Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidentiga ta’ziya maktubi yo‘lladi

    21.08.2022, 17:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH Ukrainaga 3000 dan ortiq uzoqqa uchadigan raketalar beradi — WSJ

    Dunyo | 24 avgust, 23:21

    Shavkat Mirziyoyev Zelenskiy va Ukraina xalqini Mustaqillik kuni bilan qutladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 22:56

    Isroil armiyasi Yaman poytaxtiga hujum qildi (video)

    Dunyo | 24 avgust, 22:13

    O‘zbekiston elchixonasi Ukrainani mustaqillik kuni bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 21:44

    Putin yadrochilar bilan maxfiy yig‘ilish o‘tkazdi

    Dunyo | 24 avgust, 21:10

    Shavkat Mirziyoyev bir guruh harbiylar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini mukofotladi — ro‘yxat

    O‘zbekiston | 24 avgust, 20:20

    O‘zbekistonda 40 kunda fermer xo‘jaliklari 30,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qildi

    Toshkent viloyati | 24 avgust, 20:12

    Shimoliy Koreya yangi zenit raketalarini sinovdan o‘tkazdi (foto)

    Dunyo | 24 avgust, 18:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.