“Barselona” yarim himoyachisi Serxio Buskets maoshi pasayishiga rozi bo‘lmadi.
Yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 34 yoshli futbolchi maoshi pasayishiga rozi bo‘lishi kerak edi.
Biroq Buskets ushbu talabni rad etgan. U amaldagi shartnomasi yakuniga qadar “Barselona”da to‘p surmoqchi va shundan so‘ng nafaqat klubdagi, balki terma jamoadagi faoliyatini ham yakunlamoqchi. Eslatib o‘tamiz, yarim himoyachining shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga yetadi.
Buskets 2008-yildan buyon “ko‘k-anorranglilar” sharafini himoya qilib keladi.
Avvalroq yarim himoyachiga MLS klublaridan taklif borligi, 2023-yilda erkin agent sifatida Amerikaga yo‘l olishi mumkinligi xabar qilingandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)