Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida do‘kon kassasidan pul o‘margan shaxs ushlandi.
Fuqaro B.M IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 12-avgust kuni noma’lum shaxs Farobiy ko‘chasida joylashgan savdo kompleksi hududida savdo do‘konida savdo bilan band bo‘lgan vaqtda kassasida bo‘lgan 4 200 000 so‘m pullarni yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni N.A sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)