• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qoraqalpog‘istonda farzandlariga zulm o‘tkazib kelgan onaga sud hukmi o‘qildi

    Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanida ona o‘z farzandlariga zulm o‘tkazib, ularni xo‘rlab kelgani, voqeadan jamoatchilik xabar topgach, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgandi.

    “Oradan to‘rt oy o‘tib, farzandlarini xo‘rlagan ayolga sud hukmi o‘qildi”, deya xabar berdi “Daryo” manbasi.

    Aytilishicha, sud joriy yilning 29-iyunida bo‘lib o‘tgan.

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Xo‘jayli tuman sudi raisi Ibrayim Allaniyazov ishtirokida ko‘rib chiqilgan sud hujjatlariga ko‘ra, 31 yoshli fuqaro F.H. 2020-yilning dekabr oyidan 2021-yilning 31-iyuliga qadar Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanidagi xonadonlardan birida rasmiy nikohdan o‘tmagan turmush o‘rtog‘i A.A.bilan yashab kelgan. Ayol Rossiya Federatsiyasiga ishlash maqsadida ketgan erini uyga qaytarish va rashk sababli o‘zining g‘ayriqonuniy rejasini qo‘llashga kirishgan. U ikki nafar voyaga yetmagan — 5 yoshli SH.H. hamda 3 yoshli A.H.larni har xil so‘zlar bilan haqoratlab, qo‘rqitib, ojiz ahvoldaligini bila turib, jismoniy va ruhiy azob berib, muttasil ravishda do‘pposlab kelgan. F.H.o‘zining bu xatti-harakatlarini qo‘l telefoni orqali videotasvirga tushirib, Rossiya Federatsiyasida ishlab yurgan turmush o‘rtog‘i A.A.ga jo‘natgan.

    Shundan so‘ng F.H.ning bu xatti-harakatlari aks etgan videotasvirlar “Daryo” internet-nashri va qator turli ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, huquq-tartibot idoralari tomonidan tezkor harakatlar boshlangan.

    Holat yuzasidan olib borilgan kompleks sud-psixiatriya va psixologiya ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, ijtimoiy xavfli qilmish natijasida ruhiy holatida o‘zgarish bo‘lgani bois 3 yoshli qizaloq A.H. onasining faqatgina urganini eslay olgan. 5 yoshli qizaloq SH.H.da esa qo‘rquvchanlik, yig‘loqilik, tunda uyqu holatida sapchib turib, tag ostini namlab qo‘yish belgilari shakllangani bayon qilingan.

    “F.H. o‘zining bu g‘ayriqonuniy harakatlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi ‘a’, va ‘v’ bandlari (voyaga yetmagan shaxsni, ojiz ahvoldaligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsni qiynash)da nazarda tutilgan jinoyatni qasddan sodir qilgan. Sudlanuvchi o‘z aybiga iqrorlik bildirib, bu xatti-harakatlarini farzandlarining otasidan qattiq rashk qilgani va uni xorijdan qaytarish uchun qizlarini so‘kib, haqoratlab, urib turgan holatlarini videotasvirga olib jo‘natgani, qilmishidan chin dildan pushaymonligi, qizlarisiz yashay olmasligini bildirdi”, — deyilgan sud hujjatida.

    Ma’lum bo‘lishicha, aybdor sud hukmi e’lon qilingunga qadar o‘z farzandlariga nisbatan qilgan g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari sababli qamoqda ushlangan. U sudda qamoqda o‘tirgan vaqti davomida farzand, uy, ozodlik qadrini tushunib yetganini bildirib, o‘ziga qamoq jazosi bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanishini, oilasi, farzandlari bag‘riga qaytarishni so‘ragan.

    Sud unga nisbatan Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi “a”, va “v” bandlari (voyaga yetmagan shaxsni, ojiz ahvoldaligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsni qiynash)ni qo‘llab, uch yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosini tayinlagan.

    Mavzuga doir: Buxoroda 18 yoshli qiz endi tug‘ilgan chaqalog‘ini hojatxonaga tashlab, o‘ldirdi

    18.08.2022, 17:13   Izoh (0)   12326
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Click to‘lov tizimida ochilgan akkauntni qaytib hech qachon o‘chirib bo‘lmaydimi? Kompaniya mutaxassisi foydalanuvchilarni tashvishga solayotgan savolga javob berd...

    18.08.2022, 17:00

    Farg‘onada uyida taqiqlangan modda saqlab kelgan fuqaro aniqlandi

    18.08.2022, 16:53

    O‘zbekiston IT-eksporti yil boshidan beri 4,4 baravarga oshdi va 53,2 million dollarni tashkil etdi

    18.08.2022, 16:38

    Sirdaryoda Isuzu avtobusi gaz balloni portlashidan 6 kishi halok bo‘ldi

    18.08.2022, 16:31

    Markaziy bank dollarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini e’lon qildi

    18.08.2022, 16:28

    “Tadbirkorlarga kredit mablag‘lari yetmayotganining ijobiy tomoni ham bor” — Markaziy bank raisi o‘rinbosari Behzod Hamroyev

    18.08.2022, 16:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ukrainadagi urushni tugatishning 5 ta yo‘li ma’lum qilindi

    Dunyo | 8 avgust, 10:55

    O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 10:52

    Sog‘liqni saqlash vazirligi soxta tabiblardan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 10:36

    Malayziyada homiladorlik tufayli 28 yoshli ayol to‘satdan “qarib qoldi” (foto)

    Dunyo | 8 avgust, 10:24

    Isroil urushni tugatish uchun 5 ta shart belgiladi

    Dunyo | 8 avgust, 10:09

    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?

    Reklama | 8 avgust, 09:00

    “Lopesga ko‘rsatgan bag‘rikengligimizni dindor ayollarimizga ham ko‘rsataylik” — Alisher Qodirov

    O‘zbekiston | 8 avgust, 09:50

    Firibgarlik sxemalari haqida film va seriallar: ularning qurboniga aylanmaslik uchun nimalar qilish kerak?

    Kino | 8 avgust, 09:42

    O‘zbekistonda trener-o‘qituvchilarga malaka toifalarini berish tartibi belgilandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 09:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.