Finlyandiya bosh vaziri Sanna Marin ishtirokida tarqalgan video mojaroga sabab bo‘ldi.
Videoda Sanna Marin ziyofatda raqs tushayotgani aks etgan. Bosh vazirning o‘zi bu videoni quyidagicha izohladi:
“Davlat ishidagi mansabdorlar ham oddiy odam. Ular ishdan bo‘sh vaqtlarida do‘stlari, yaqinlari bilan ko‘ngilxushlik qilishlari mumkin. Bu ziyofatda men giyohvand moddalar iste’mol qilmadim. Faqat spirtli ichimlik ichganman. To‘g‘ri, raqsga tushdim, qo‘shiq aytdim, zavqlandim, faqat qonun doirasidagi ishlarni qildim.
Atrofimdagi boshqalarning ham giyohvand moddalar iste’mol qilganini ko‘rmadim”, — degan Finlyandiya bosh vaziri.
Avvalroq Finlyandiya bosh vaziri hukumat rahbari institutining “ko‘lamini kengaytirmoqchi” ekanini aytgandi.
Izoh (0)