Toshkent shahar, Yangihayot tumanidagi poliklinika binosi kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Lot ma’lumotlari “E-auksion” portalida e’lon qilingan.
2019-yilda qurilgan ikki qavatdan iborat poliklinika 31 ta xonaga ega.
Yer uchastkasining umumiy maydoni — 0,04 gektar. Binoning maydoni — 941 kvadrat metr. Unda gaz, suv, elektr ta’minoti va kanalizatsiya tizimi mavjud.
Auksionga qo‘yilgan poliklinikaning boshlang‘ich bahosi — 4,8 mlrd so‘m. Arizalar 5-sentabr 09:00 ga qadar qabul qilinadi. Savdolar xuddi shu kuni 10:00 da boshlanadi.
Avvalroq Toshkentdagi hovli MIB tomonidan qariyb 7 mlrd so‘mga auksionga qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)