Tbilisidagi Tsar David Agmashenebeli ko‘chasida belaruslik musiqachilar chiqish qildi, biroq mahalliy aholi ulardan rus tilida qo‘shiq aytishni to‘xtatishini talab qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Musiqachilar esa bundan bosh tortgan. Chunki Gruziya qonunlari rus tilida qo‘shiq aytishni taqiqlamaydi.
Shu bilan birgalikda, belaruslik ijrochi rus tili uning ona tili ekanini ham ta’kidlagan.
OAV xabarlariga ko‘ra, so‘nggi paytlarda Gruziyada ko‘cha musiqachilarining rus tilida chiqishlari fonida norozilik namoyishlari ko‘paygan.
Mavzuga doir: Kobulda ayollar “Non, ish, erkinlik” shiori ostida norozilik namoyishi o‘tkazdi (video)
Izoh (0)