Ozarbayjon Respublikasida bo‘lib turgan Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Abdurashid Abdullayev mamlakat qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Sarvan Jafarov bilan uchrashdi. Bu haqda “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda 2023-yilda o‘zbek modeli asosida Ozarbayjonning Agdosh, Agjabadi, Tartar, Zardob, Agdam, Yevlax va Bardada tumanlarida klaster usulida ipakni qayta ishlash korxonalari tashkil etilishi yuzasidan kelishib olingan.
Avvalroq tut ko‘chati yetishtirish xo‘jaligi tashkil etish masalalari yuzasidan kelishib olingandi. Bunda Ozarbayjon hukumati tomonidan yer ajratilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, imtiyozli ravishda xo‘jalik ma’lum muddatga yer solig‘idan ozod etiladi.
Mavzuga doir:
- O‘zbekiston, Ozarbayjon va Turkiya o‘rtasida barcha kelishuvlarni o‘z ichiga olgan Toshkent deklaratsiyasi imzolandi
- O‘zbekiston—Ozarbayjon qo‘shma Investitsiya jamg‘armasi tashkil qilinadi
- Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon delegatsiyasi bilan Turkiy davlat tashkiloti sammitiga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qildi
Izoh (0)