• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    Fermerlar daromadining barqarorlashuvi: agrosug‘urta nima, uning foydali jihatlari, nega ommalashmayotgani haqida

    Butun dunyo agrarchilari sug‘urta xizmatidan foydalanadi va shu orqali o‘z xo‘jaligini zararlardan himoya qiladi. Biroq bu xizmat fermerlar orasida bir qator sabablarga ko‘ra xali ommalashmagan.

    Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

    Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

    Ushbu sohada faoliyat yurituvchi sug‘urta kompaniyalarining o‘zi ham qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash jarayoniga istar-istamas aralashadi. Buning bir qancha sabablari bor.

    Agrar soha vakillarining qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash xizmatlaridan foydalanishiga nimalar to‘sqinlik qilayotganini “O‘zagrosug‘urta” qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash boshqarmasi boshlig‘i Abdurashid Vahobov bilan muhokama qilindi.

    Bugungi kunda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sug‘urta bozori qanday ahvolda?

    Qishloq xo‘jaligi sohasidagi yuqori xavf darajasi o‘simlikshunoslik va chorvachilikda kuzatiladi. Bunda ishlab chiqarish natijalari bevosita ob-havo va iqlim sharoitiga bog‘liq va ular korxonalar hamda qishloq aholisining moliyaviy-iqtisodiy holatiga ta’sir qiladi.

    Bu esa agrosanoat ishlab chiqarishiga yirik sarmoyalarni jalb qilishni qiyinlashtirmoqda. Unda kafolatlangan sug‘urta himoyasining mavjudligi juda muhim omil sanaladi.

    Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

    Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

    Bugungi kunda qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalar ichki tartibda ishlab chiqilgan va Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tmagan mahalliy hujjatlar asosida faoliyat yuritmoqda.

    Qishloq xo‘jaligida sug‘urta sohasini tartibga soluvchi yagona asosiy huquqiy hujjat mavjud emas.

    Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari qanday xavf-xatarlarga duch kelishi mumkin?

    Ishlab chiqarish xatari. Bu ayniqsa, o‘simlikshunoslikda keng tarqalgan. Uni alohida ekinlarning hosildorlik darajasiga ko‘ra baholash mumkin.

    Ishlab chiqarish xatari darajasi odatda statistik ko‘rsatkichlar bilan o‘lchanadi va hosilning o‘rtacha belgisidan chetlanish darajasi bilan tavsiflanadi.

    Narx yoki bozor xatari. So‘nggi o‘n yillikda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari narxlarning sezilarli o‘zgarishi bilan bog‘liq vaziyatga asta-sekin moslashdilar. Shunga qaramay, narxlarning o‘zgarishi qishloq xo‘jaligida jiddiy xatar manbai hisoblanadi.

    Institutsional xatar. U iqtisodiy siyosatda, qishloq xo‘jaligini huquqiy tartibga solishda, davlatning agrar siyosatida o‘zgarishlar yuz berganda paydo bo‘ladi.

    Moliyaviy xatar. Korxonaning kapitalini shakllantirish va to‘plash usuli hamda moliyalashtirilishi bilan bog‘liq. Bu holda xatar zayom kapitali bo‘yicha kredit stavkalarining o‘zgarishi, aksioner kapitalining hajmi va likvidlikning yetarli emasligi bilan bog‘liq.

    Shaxsiy xatar (inson omili). Bunda korxonaning xo‘jalik faoliyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan kasallik, xo‘jalik rahbarining mehnat qilish qobiliyatini yo‘qotishi kabi baxtsiz hodisalarning yuzaga kelish ehtimoli nazarda tutiladi.

    Ushbu beshta asosiy xavfga qo‘shimcha ravishda shartnoma majburiyatlarining bajarilmaslik xatari, shuningdek, mulkiy xavf kabi turlarni aytib o‘tish mumkin.

    Mahalliy agrar soha vakillari uchun agrosug‘urtaning eng ommabop turi qaysi?

    Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish sohasi yuqori darajadagi xatarlar, tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar bilan ajralib turadi. Qurg‘oqchilik, do‘l yog‘ishi, toshqin kelishi kabi tabiiy ofatlar jiddiy yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin.

    Mamlakatda qishloq xo‘jaligi sug‘urtasining eng ommabop yo‘nalishi – bu paxta xomashyosi va g‘alla ekinlari hosilining yetishmasligi xataridan sug‘urta qilish hisoblanadi. Sug‘urta mukofotlarining 90 foizi ushbu turdagi xatarga to‘g‘ri keladi.

    Har yili qishloq xo‘jaligi ekinlarini ixtiyoriy sug‘urta qilish bo‘yicha katta hajmdagi shartnomalar tuziladi. Ammo ularning atigi 10-15 foizi kuchga kiradi.

    Fermerlarni sug‘urta qilishiga nima to‘sqinlik qilmoqda?

    Ekinlarni sug‘urtalash bo‘yicha beriladigan summaning shartnomada ko‘rsatilgan summadan 20 foizdan oshmasligi holati ko‘p kuzatiladi. Bu esa tabiiy ofatlardan yetkazilgan zararni qoplashda sug‘urta rolining sezilarli darajada pasayishiga olib keladi.

    Qishloq xo‘jaligini sug‘urtalashning o‘ziga xos xususiyati mijozlarning butun mamlakat bo‘ylab tarqalgani bilan xarakterlanadi.

    Bu katta ma’muriy va ishlab chiqarish xarajatlariga olib keladi, qamrovning past darajada ekani esa sug‘urta mukofoti tizimida ma’muriy xarajatlar ulushini minimallashtirishga to‘sqinlik qiladi.

    Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

    Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

    Sug‘urta kompaniyalari bu xarajatlarni sug‘urtaning boshqa turlaridan olingan daromadlar hisobiga qoplashga majbur. Bu sug‘urtachilar uchun manfaatli emas.

    Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasida zarar yetkazish ehtimoli sug‘urtaning boshqa tarmoqlariga qaraganda bir necha baravar yuqori.

    Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mavjud bo‘lmasa, fermer xo‘jaliklarining hosilini 20-30 foizini qoplashga olib kelishi mumkin.

    Bu o‘z navbatida zaxiralar yetishmasligi sababli sug‘urta kompaniyasining bankrot bo‘lishiga olib keladi. Ko‘pgina mamlakatlarda tabiiy ofatlar sodir bo‘lganda qishloq xo‘jaligining davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi ta’minlanadi.

    O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasi samaradorligini oshirish uchun ham fermerlar, ham sug‘urtachilar manfaatlarini himoya qiluvchi optimal sug‘urta modeli zarur.

    Boshqa mamlakatlarda qishloq xo‘jaligi sohasida sug‘urta masalasi qanday hal qilinmoqda?

    Ko‘pgina mamlakatlarda davlat siyosati tabiiy ofatlar sodir bo‘lganda qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi. Bunday ofatlar oqibatlarini qoplash sxemalari kompensatsiya mablag‘larini sug‘urta sektoriga yo‘naltirishni ko‘zda tutadi.

    Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida sug‘urta infratuzilmasining mavjud bo‘lishi davlatning oziq-ovqat mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha strategik siyosatni qo‘llab-quvvatlaydi.

    Bundan tashqari, sug‘urta himoyasining mavjudligi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish bo‘yicha o‘rta va uzoq muddatli loyihalarga mablag‘ jalb etilishini rag‘batlantiradi.

    Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

    Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

    Shuningdek, fermerlarning tabiiy ofatlarga bog‘liqligini kamaytiradi, ularning daromadlarini barqarorlashtiradi, aholi bandligi va ijtimoiy himoyasini ta’minlaydi.

    Mamlakatda qishloq xo‘jaligini sug‘urtalashning qaysi shakli eng maqbul hisoblanadi?

    Sug‘urta mukofotini subsidiyalash orqali davlat ko‘magini amalga oshirish halokatli yo‘qotishlar yuz berganda ishtirokchilarga to‘g‘ridan to‘g‘ri davlat yordami ko‘rsatishdan ko‘ra samaraliroq.

    Shu orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining daromadlari saqlab qolinadi.

    16.08.2022, 21:20   Izoh (0)   4895
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qozog‘iston Rossiyaning Yevrosiyo taraqqiyot bankidagi ulushini sotib olishdan manfaatdorligini tasdiqladi

    16.08.2022, 20:21

    Yevropada gaz narxi qanday qilib rekord darajaga yetdi?

    16.08.2022, 20:16

    Qovun va banan qimmatladi, uzum arzonladi: O‘zbekiston bozorlarida avgust oyida narxlar qanday bo‘lmoqda?

    16.08.2022, 18:30

    Hamma gapirayotgan retsessiya o‘zi nima?

    16.08.2022, 17:10

    Buyuk Britaniyada ishchilar yetishmasligi sabab oziq-ovqatlar isrof bo‘lmoqda. Buni bartaraf etish uchun O‘zbekistondan ham odamlar jalb qilingan

    16.08.2022, 14:07

    Yevropada elektr energiyasi narxi keskin oshdi

    16.08.2022, 11:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shomurodov kelajagi borasida qaror qabul qildi — Romapress

    Sport | 3 iyul, 09:55

    “Kalmar o‘yini”ning uchinchi mavsumi Netflix’da rekord o‘rnatdi

    Kino | 3 iyul, 09:51

    Bali qirg‘oqlari yaqinida 65 kishi bo‘lgan parom cho‘kib ketdi

    Dunyo | 3 iyul, 09:48

    O‘zbekistonda “chiroyli” avtoraqam 800 mln so‘mdan ortiqqa sotildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 09:45

    USAID’ning faoliyati butunlay tugatildi

    Dunyo | 3 iyul, 09:06

    Hansi Flik “Barselona” rahbariyatiga ikki futbolchini “sotilmaydigan” deb e’lon qilgan

    Sport | 3 iyul, 09:03

    AQSH Isroilga bunkerga qarshi bombalar yetkazib bermoqchi

    Dunyo | 3 iyul, 08:34

    O‘zbekistonda avtomobil ta’miri xizmatlariga talab eng yuqori bo‘lgan hudud aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 00:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.