“Manchester Yunayted” hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan shartnomani bekor qilish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Klubdagilar futbolchining ishga bo‘lgan munosabati o‘zgarishini xohlamoqda. Agar bunday bo‘lmasa, “Manchester Yunayted” Ronaldu bilan shartnomani bekor qilish imkoniyatini ko‘rib chiqadi, deya xabar qilmoqda Sky Sports.
37 yoshli futbolchining mankunianlar bilan amaldagi shartnomasi 2023-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Avvalroq Krishtianu Chempionlar Ligasida o‘ynash uchun jamoani tark etishni istayotgani xabar qilingandi.
“Manchester Yunayted” APL 2022/23-yilgi mavsumida ketma-ket ikkita mag‘lubiyat bilan boshladi, ularda Ronaldu samarali harakat amalga oshira olmadi.
Mavzuga doir: Krishtianu Ronaldu “Brentford”ga qarshi o‘yindan so‘ng muxlislar oldiga bormasdan, kiyim almashtirish xonasiga kirib ketgan
Izoh (0)