Toshkentda Milliy gvardiya xodimini kalaka qilayotgandek videoga olgan vayner jazolandi. Bu haqda “Mening yurtim” telekanalining “Markaziy studiya” informatsion dasturida ma’lum qilindi.
Ushbu shaxs ijtimoiy tarmoqda katta auditoriya to‘plash maqsadida shunday video olgan. Bundan tashqari, metropolitenning “Paxtakor” bekatida tartib-intizomni buzgan holda, ekskavatorning yopib qo‘yilgan yo‘lagiga o‘tib harakatlangan. Metropoliten nazoratchilarining tartibga chaqirishlarini nazar-pisand qilmasdan, bu xatti-harakatlari aks etgan videoni ijtimoiy tarmoqlarga joylagan.
Internetda mashhur bo‘laman, deb jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzgan ushbu shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 10 sutka qamoq jazosi tayinlangan.
Uning o‘zi qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, barchadan uzr so‘ragan.
Izoh (0)