Ukraina poytaxti Kiyev shahridagi maktablarda 2022–2023-o‘quv yilida fan dasturlaridan rus tili olib tashlanadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Hujjatga ko‘ra, o‘quv dasturlarida fanlarni rus tilida o‘qitish va rus tilini hatto tanlov fani sifatida ham o‘rganish nazarda tutilmagan.
“TASS”ning yozishicha, 2014-yildan beri Ukrainada rus tilini ta’lim sektoridan bosqichma-bosqich siqib chiqarish jarayoni olib borilmoqda. Shuningdek, Rossiya “maxsus harbiy operatsiya” boshlaganidan beri Ukraina butunlay russizlantirish siyosatini olib bormoqda.
Xususan, 1-iyul kuni Kiyev rasmiylari “rus tilidagi madaniy mahsulotlar”dan ommaviy foydalanishga taqiq joriy qilmoqchi bo‘lgan. Ularga rus tilidagi kitoblar, musiqa, video, spektakl, konsertlar, madaniy-ma’rifiy xizmatlar va boshqalar kiradi. Bundan tashqari, Lvov viloyati hokimiyati ham hududdagi maktablarda rus tilidan butunlay voz kechilishini e’lon qilgan.
Izoh (0)