Shaxmat olimpiadasida g‘olib bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasini kutib olish marosimidan fotoreportaj
Hindistonning Chennai shahri mezbonlik qilgan 44-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi g‘olibiga aylangan O‘zbekiston terma jamoasi bugun, 11-avgust kuni tunda Toshkentga qaytib keldi.
Shaxmatchilarni Toshkent xalqaro aeroportida ularning yaqinlari, O‘zbekiston hukumati vakillari, ommaviy axborot vositalari hamda muxlislar kutib oldi.
“Daryo” fotomuxbiri ushbu marosimdan fotoreportaj tayyorladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi hal qiluvchi turda Niderlandiyaga qarshi bahs olib borib, 2,5:1,5 hisobida g‘alaba qozongan edi. Mazkur g‘alaba orqali O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi oltin medal masalasini hal qilgan va o‘z tarixida ilk bor Olimpiada chempioniga aylangandi.
Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi esa so‘nggi turda Kosta-Rika ustidan g‘alaba qozonib (2,5:1,5), olimpiadani 162 jamoa orasida 31-o‘rinda yakunlagandi.
Izoh (0)